Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. U yo‘qolib qolsa, pensiyaga qanday qilib chiqish mumkin? Mazkur savolga Pensiya jamg‘armasi bosh mutaxassisi Baxriddin Ziyatov batafsil javob berdi.
Baxriddin Ziyatovning aytishicha, 2005-yil 1-yanvardan oldingi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasida mavjud yozuvlar asosida, boshqa tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.
“Mehnat daftarchasi yoki undagi yozuvlar bo‘lmagan, noto‘g‘ri yozilgan taqdirda, ish staji arxiv maʼlumotlari, buyruqlardan ko‘chirmalar, mehnat shartnomalari va boshqa hujjatlar orqali tasdiqlanishi mumkin. Bundan tashqari, mehnat faoliyatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar sud tartibida fuqarolarning ko‘rsatmalariga asosan ham qabul qilinadi”,—dedi mutaxassis.
Avvalroq jamg‘arma ish staji yo‘q fuqarolarga pensiya tayinlanadimi, degan savolga javob qaytargandi. Shu bilan birga, ishlayotgan pensionerga ish staji qo‘shilish yoki qo‘shilmasligi masalasiga ham oydinlik kiritilgan.
Izoh (0)