22—24-sentabr kunlari CAEx ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada Mario Mandakaru tadbirkorlar uchun muhim mavzuni yoritadi:“Brending – bu tashqi ko‘rinish emas. Mahsulot va xizmatlar qiymatini oshirish uchun brending ahamiyati”.
CAEx Mebel & Décor 2023 – mebel va dekor sanoatida muhim hodisa bo‘lib, u o‘z maydonida mebel sanoatining barcha vakillarini birlashtirdi. Unda mebel jihozlari, gilam va pol qoplamalari, devor gulqog‘ozlari va qoplamalari, pardalar, uy-ro‘zg‘or va dekor buyumlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi, tashqi va ichki yoritish, dekor buyumlari va boshqa maishiy buyumlar, shuningdek landshaft dizayni bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma doirasida Portugaliyada joylashgan A-EQUIPA kompaniyasining hamkor asoschisi Mario Mandakaru tadbirkorlar va tashrif buyuruvchilar uchun dolzarb bo‘lgan brending ahamiyati haqida o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etadi.
Bozorda raqobat tobora shiddatli bo‘lib borayotgan bugungi kunda, brending muvaffaqiyatga erishish va qolgan o‘yinchilardan ajralib turish uchun muhim vositaga aylanmoqda. U kompaniyaning o‘ziga xos va unutilmas qiyofasini yaratishga, assotsiatsiyani yaratishga va maʼlum bir auditoriya bilan hissiy aloqani o‘rnatishga yordam beradi. Brending nafaqat logotiplar va kompaniya nomlari bilan cheklanadi. Bundan tashqari, kompaniyaning qadriyatlari, vazifasi va madaniyatini yaratish ham brending hisoblanadi. Bu o‘z navbatida kompaniya sifatida kimligingizni va mijozlaringizga nimani taklif qilishingizni aniqlashga yordam beradi.
Mario Mandakaru o‘z faoliyati davomida muntazam ravishda dunyoning ko‘plab ijod festivallarida – Portugaliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Argentina, Belarus, Estoniya va Sloveniyada hakamlar hayʼati aʼzosi va dizayn va reklama hayʼat raisi sifatida ishtirok etib kelmoqda
Ko‘rgazma-yarmarka doirasida Mario kompaniyaga bo‘lgan ishonchni oshirish, bozorda o‘ziga xoslik va farqni yaratish, isteʼmolchilarning eʼtiborini tortish va sotuvlarni ko‘paytirish bo‘yicha o‘z tajribasi, eng yaxshi amaliyotlari va tavsiyalari bilan bo‘lishadi.
Marioning maʼruzasini tinglash va ko‘rgazmada ishtirok etishni xohlovchilar caexmebeldecor.com veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun 78 113 3333 raqami orqali CAEx aloqa markaziga murojaat qiling.
CAEx Uzbekistan ko‘rgazma markazining manzili: O‘zbekiston, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, “Barkamol” MFY, Milliy Bog‘ ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: CAU universiteti (sobiq Akfa universiteti)
Sayt: https://caexmebeldecor.com/
Instagram: instagram.com/caex_uzbekistan/
Telegram: https://t.me/caexuzbekistan
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)