Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova prezident raisligida o‘tkazilgan selektor haqida gapirib berdi.
Hilola Umarovaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi selektor barcha pedagoglar uchun katta bayram va katta mas’uliyat bo‘ldi. Yig‘ilishda yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin ta’lim sifati borasida va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi hamda bir qancha vazifalar belgilan berildi.
“Prezidentimiz boshchiligidagi ta’lim sohasiga bag‘ishlangan bugungi selektor barcha ustoz pedagoglar uchun katta bayram bo‘ldi. Va shu bilan birga juda katta mas’uliyat hamdir. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yangi avlod darsliklari, yangi metodikalar, yangi baholash tizimi, umuman, yangi islohotlarga o‘qituvchilarimiz ham katta mas’uliyat bilan yondashishlari kerak bo‘ladi”, — deydi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri.
Izoh (0)