Shavkat Mirziyoyev maktab direktorlarining oyligini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqini esa 30 foizga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblar kiritilishi belgilandi. Bunda, kelgusi yil budjetidan 500 milliard so‘m nazarda tutiladi.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda 10 million oylik olishga hamma muallimning haqqi borligini taʼkidlagan.
“Bu yaxshi, lekin juda kam. Hamma o‘qituvchi o‘z ustida ishlab, chet tilini bilib, matematika, fizika va boshqa fanlardan sertifikatlarni olsin. Marhamat, 10 million oylik olishga hamma muallimning haqqi bor”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)