Qozog‘istonning Turkiston viloyatida birdaniga 11 kishi Sirdaryo daryosida cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti xabar berdi.
Hodisa yo‘l ko‘prigi yonida, suzish uchun belgilanmagan joyda sodir bo‘lgan. Hozirgacha olti kishining jasadi suvdan olib chiqilgan, yana besh kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Halok bo‘lganlarning shaxsi va yoshi aniqlik kiritilmoqda.
Fojia tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan. Viloyat favqulodda vaziyatlar departamentida tezkor shtab tashkil etilgan.
Izoh (0)