AQSH Moliya vazirligi Rossiya, Qozog‘iston va Slovakiya kompaniyalariga “Shimoliy Koreya bilan aloqasi” uchun sanksiyalar joriy qildi.
Uchta kompaniya Slovakiya fuqarosi Ashot Mkrtichevga aloqador ekani aytilmoqda. Mkrtichev mart oyida Shimoliy Koreya rasmiylari bilan Rossiyaga fuqarolik samolyotlari, xomashyo va boshqa tovarlar evaziga “yigirma turdagi qurol va o‘q-dorilar” yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borgani uchun sanksiyalangan edi.
Qozog‘istonning Defens Engineering MChJ, Rossiyaning “Verus” MChJ va Slovakiyaning Versor s.r.o kompaniyasi sanksiyalar ro‘yxatidan joy olgan.
AQSH Moliya vazirligi sanksiyalari odatda mamlakat yurisdiksiyasidagi aktivlarni muzlatib qo‘yishni anglatadi.
Izoh (0)