Qozog‘istonning Olmaota shahrida 12-avgust kuni ertalab katta yong‘in sodir bo‘ldi — Moskvina ko‘chasidagi bozor omborxonalari yonib ketdi.
![](/static/2023/surayyo2/2056350.d40968ffaeb6322445ecacc8f4c19029.jpg)
OAV shahar Favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib xabar berishicha, binolarning konstruktiv xususiyatlari tufayli yuqori harorat yuzaga kelgan va inshootlar qulab tushishi xavfi mavjud.
![](/static/2023/surayyo2/2056349.b381d679f9ae9646a1a453583001755f.jpg)
Yong‘inni o‘chirishga 25 ta texnika, 85 kishi, shuningdek, shahar o‘zaro hamkorlik xizmatlari jalb qilingan.
![](/static/2023/surayyo2/2056360.8c64952cf32048f29245bd67c7acbec1.jpg)
![](/static/2023/surayyo2/2056370.4b5584fe4ac03dcc3c59f754b23f849a.jpg)
Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. O‘t o‘chiruvchilar yong‘in qo‘shni omborxonalarga tarqalishining oldini olish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi
Mahalliy vaqt bilan soat 09:45 yong‘in o‘rab olindi.
Izoh (0)