UFC jangchisi Derrik Lyuis tashkilot bilan shartnomasini yangiladi.
38 yoshli sportchi yana 8 ta jang uchun shartnoma imzolagan.
Lyuis so‘nggi bor iyul oyida oktagonga ko‘tarilib, birinchi raundning 33-soniyasida Markos Rojerio de Limani nokautga uchratgandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Derrik tashkilotdagi so‘nggi jangini o‘tkazganini ma’lum qilgandi.
Derrik Lyuis MMA’da 39 ta jang o‘tkazgan va undan 27 tasida g‘alaba qozongan.
Izoh (0)