• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Baletchi qizning aktrisaga aylanishi. Botir Zokirovning “qizi ekanligi” qo‘l kelgan, birinchi turmushidan omadsizlikka uchragan Ra’no Zokirova 54 yoshda (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Zokirovani tasodifan aktrisa bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U bolalikdan raqs san’atiga qiziqqan va shunchaki tasodif sabab hayotini kino san’ati bilan bog‘lagan.

    “Aslida balet artisti bo‘lishim kerak edi”

    Aktrisa Ra’no Zokirova raqs maktabida tahsil olgan. U mashhur balet artisti bo‘lishni orzu qilardi. Ammo rejissor Ali Hamroyev “Vodillik kelin” filmiga aktrisa tanlash uchun Xoreografiya maktabiga boradi. 

    Foto: Ra’no Zokirovaning shaxsiy arxividan

    — Xoreografiyada o‘qib yurgan paytimda kichkina jussali, sochlari uzun qizaloq edim. Sochimni hamisha qirq kokil qilib o‘rib yurardim. Ali Hamroyev “Vodillik kelin” filmi uchun aktrisa izlab Xoreografiya maktabiga kelgan. Baxtga qarshi balet yo‘nalishida o‘qiydigan qizlar orasida bor-yo‘g‘i ikkita qiz o‘zbek millatiga mansub edi. Xullas, o‘zbek ekanligim va tashqi ko‘rinishimning mos kelgani rolga tanlanishimga asos bo‘lgan, — deydi aktrisa.

    Kubayeva “ilib” ketgan rol

    Aktrisa boy bergan roli haqida quyidagilarni aytib o‘tdi.

    Foto: Ra’no Zokirovaning shaxsiy arxividan

    — 1985—1986-yillarda “Yalla” guruhi rahbari Farrux Zokirov bir taklif bildirgandi. Katta ko‘lamdagi “Maysaraning ishi” loyihasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishgan ekan. U yerda mening raqqosa va aktrisalik faoliyatim qo‘l kelishi mumkin edi. Lekin rejissor Zinoviy Royzman ishlayotgan ertak-film ham aynan o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib qolgan. U paytlarda suratga olish jarayoni hozirgidek bir oy emas, uch oylab davom etardi. Nima qilishni bilmay qoldim, ammo “filmda sendan boshqasi o‘ynamaydi” deb, loyihani rad etishga ko‘ndirishdi. Hammasi hal bo‘lganida birdan film ijrosiga aktrisa Ra’no Kubayeva tayinlandi. Afsus, loyiha ham o‘z-o‘zidan yo‘qqa chiqdi. O‘shanda shunaqa yig‘ladimki… “Endi hech qachon yo‘limda uchragan omadni boy bermayman”, deb ahd qildim.

    “Botir Zokirovning qiziman” 

    Ko‘pchilik aktrisani mashhur Zokirovlar sulolasiga taalluqli deb o‘ylaydi. Hatto, bir paytlar uni Botir Zokirovning qizi ham deb o‘ylashgan ekan.

    Foto: Ra’no Zokirovaning shaxsiy arxividan

    — 1984-yili ilk — “Vodillik kelin” deb nomlangan filmda birgalikda ijod qilganmiz va Farrux Karimovich o‘sha “Sen ketarsan” qo‘shig‘ini chiroyli qilib yozib bergan. Qolaversa, jiyanlari Nargiza Zokirova ijrosida bu qo‘shiq rus tilida ilk bor yangragan. Keyin film olinib bo‘lingandan keyin bu qo‘shiqni o‘zbek tilida sevimli xonandamiz Kumush Razzoqova ijro etgan. O‘shandan keyin ham hamma Ra’no Zokirova, demak, bularning avlodiga taalluqli, Botir akaning qizlari ekan, deb o‘ylashgan.

    Foto: Ra’no Zokirovaning shaxsiy arxividan

    1985-yilda “Orzular og‘ushida” deb nomlangan tarixiy film olingan edi, o‘sha yerda hammamizga sevimli bo‘lgan rahmatli Jamshid Zokirov otam rolini ijro etganlar. Birgalikda ishladik, titrda ham Jamshid Zokirov va Ra’no Zokirova ketgan edi.
    Hayotda har doim u oilaga taalluqli joyim yo‘qligini aytib kelganman. Lekin bir marta yolg‘on ishlatishga majbur bo‘lganman. Taxminan, 1988-yilda “Ostankino”ga, Moskvaga kinosinovlarga taklif qilishgan. O‘shanda ham partnyorlarim — rahmatli Baxtiyor Zokirov, rahmatli Zokir Mo‘minov, Zuhriddin Rejametov va yana bir nechta aktyorlarimiz bilan o‘sha yerga borib kinosinovlardan o‘tib kelishimiz kerak edi.

    Ayrim sabablarga ko‘ra, biletim kechroq olingan ekan. Hamma uchib ketyapti, men qolib ketyapman. O‘shanda direktorimiz meni orqa tarafdan aeroportga olib kirgan, shunda uchuvchilar bilan to‘qnashib qolganmiz. Shunda qirg‘izistonlik uchuvchi “Vodillik kelin”ni ko‘rgan ekan, menga qarab “Sen o‘sha, Botir Zokirovning qizimisan?”, degan.
    O‘sha yerda ko‘z yoshlarim duv-duv yog‘ilgan va faxr bilan “Ha, men Botir Zokirovning qiziman”, deganman. Uchuvchi pasportimni ochganida u yerda Zokirova Ra’no Botirovna yozilgan. Shunda yolg‘on ishlatishga majbur bo‘lganman. Qirg‘izistonga uchib borganman. O‘sha yerda menga chipta olib, Toshkentga jo‘natib yuborishgan. Haqiqatan ham dadamning ham ismlari Botir Zokirov, — deydi Ra’no Zokirova.

    Uzoqqa cho‘zilmagan turmush

    Latofatli aktrisaning oshiqlari juda ko‘p edi. Uning turmushga chiqqani haqidagi xabar unga oshiq yigitlarni ranjitgani aniq. Afsuski, aktrisaning ilk turmushi uzoqqa cho‘zilmadi. U Umidjon ismli o‘g‘li bilan ajrashishga qaror qildi.

    Foto: Ra’no Zokirovaning shaxsiy arxividan

    — Yaxshi inson bilan oila qurganman, ajrashishimizga esa shunchaki fikrlarimizning bir-biriga to‘g‘ri kelmagani sabab bo‘lgan. U insonga hamisha baxt tilayman, — degandi aktrisa intervyularining birida.

    “To‘yimizga turmush o‘rtog‘imning qizi bosh-qosh bo‘lgan”

    Birinchi turmushidan muvaffaqiyatsizligidan ancha vaqt o‘tib, u sport ustasi bilan oila qurgan. Ammo u insonning farzandlari bor edi. Aktrisa katta oilaga kelin bo‘lgani va bo‘yi yetgan farzandlarga onalik mas’uliyatini qanday qabul qilgani haqida quyidagilarni so‘zlab berdi.

    Foto: Sahro.Net

    — Ro‘za oylari edi. Syomkalardan ortib, kunduzi biroz uxlab olmoqchi bo‘ldim. Odatda uyquga ketsam, qo‘l telefonimni o‘chirib qo‘yardim. O‘shanda negadir o‘chirmadim. Endi ko‘zim ilingan ekan, telefonim jiringladi. Ko‘tarsam, bir erkak kishi o‘zini tanishtirib, sportga bag‘ishlangan teledastur boshlovchiligiga taklif etdi. Hayron bo‘lib, rad etdim. “Axir sport qayerda-yu men qayerda?! Konsert bo‘lganida bajonidil rozi bo‘lardim”, deb tushuntirishga urindim. “Nega yo‘q deyapsiz? Yaxshi pul to‘laymiz”, dedi u ko‘ndirishga urinib. Mendan ijobiy javob ololmagach, dangal gapirishga o‘tdi: “E-e-e… Muddaoga o‘ta qolay, siz bilan tanishmoqchi edim. Yosh emasman, uchta farzandim, bor…” Eng qizig‘i, begona odam bilan uch daqiqadan ortiq suhbatlashmasdim. Bu safar o‘z-o‘zidan gap-gapga ulanib ketaverdi. Roppa-rosa qirq daqiqa suhbatlashibmiz. Ikki kundan keyin qizi Kamola bilan telefonda gaplashdik. Bu suhbat ham uzoq — bir soat davom etdi. Bir-birimizni umuman ko‘rmagan bo‘lsak-da, gaplashib to‘ymasdik. Oradan bir necha kun o‘tib, uylariga taklif qilishdi. Borsam uy to‘la mehmon, bolalar va qarindosh-urug‘lar to‘planishgan ekan. Xuddi bir-birimizni avvaldan taniydigandek iliq qarshi olishdi. Oilaga mehrim tushib qoldi, shundan keyin qizim Kamola sarpo-suruq va holvalarni olib kelib fotiha marosimini o‘tkazdi. Kimdir ustimdan kuldi, kimdir baxt tiladi, — deydi aktrisa Ra’no Zokirova. 

    “Farzandlarimning onasidan minnatdorman”

    Aktrisa turmush o‘rtog‘ining farzandlaridan mehr ko‘rgani va ularning onasidan hamisha minnatdor ekanligini yashirmaydi.

    Foto: Ra’no Zokirovaning shaxsiy arxividan

    — Turmush o‘rtog‘imning birinchi rafiqasi uch farzandni dunyoga keltirib, ularga chiroyli tarbiya bergan. Ba’zi bolalar otalarini rashk qilishadi, sovuq munosabatda bo‘lishadi. Ammo menda unday bo‘lmagan. Qizim Asliya va o‘g‘lim Asliddin tug‘ilishida qizim Kamolaning katta yordami tekkan. U hamisha yonimda bo‘lib ruhiy madad bergan. Turmush o‘rtog‘imning marhum ayolining tavallud kunini hamisha nishonlardim. Eng qizig‘i, qizim aynan shu kuni dunyoga kelgan. Onadan ayrilgan o‘ksik qalblar mehrga tashna bo‘lishadi, deyishadi. Men ham imkon qadar farzandlarimizga mehr berishga harakat qilaman, — deydi aktrisa Ra’no Zokirova. 

    Foto: Ra’no Zokirovaning shaxsiy arxividan

    Ra’no Zokirova ko‘plab film va seriallarda suratga tushdi. Ammo uning tanilishida “Vodillik kelin” va “Yodgor” seriallarining o‘rni katta bo‘lgan. Aktrisa bir muddat teatrda ham faoliyat yuritgan. Ammo farzandli bo‘lgach, ma’lum sabablarga ko‘ra teatrdagi faoliyatiga yakun yasagan. Ayni kunlarda u asosan seriallarda suratga tushmoqda.

    Foto: Ra’no Zokirovaning shaxsiy arxividan

    Aktrisa bu yil to‘ng‘ich o‘g‘li Umid Zokirovni uylantirdi. Ra’no Zokirova telenovellalarning birida yosh aktrisa bilan tanishib qoladi va uni o‘g‘li bilan tanishtiradi. Yoshlar bir-biriga ma’qul bo‘lib, oila qurishdi.

    10.08.2023, 14:31   Izoh (0)   57109
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qalblarni titratuvchi hikoya: Margo Robbi nima sababdan onasining katta miqdordagi qarzlarini to‘lagani haqida gapirdi (foto)

    10.08.2023, 13:41

    Ganya Usmonovadan Shahzoda Muhammedovagacha — farzand kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    10.08.2023, 12:40

    Sovuq qurollardan tortib rang-barang pariklargacha: Gollivud yulduzlarining ajabtovur kolleksiyalari (foto) 

    10.08.2023, 10:40

    Instagram: To‘rtinchi marta ona bo‘lgan Madina Mumtoz, “Ummon”chi Shohrux xonadonida to‘y, Sitora Farmonovaning hashamatli uyiga sayohat

    09.08.2023, 22:10

    Shahzoda Garri va Megan Markl o‘tmishi haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda

    09.08.2023, 20:20

    OAV: Natali Portman 11 yillik munosabatlardan keyin turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi

    09.08.2023, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda dunyodagi eng uzun chaqmoq qayd etildi

    Dunyo | 1 avgust, 00:10

    Avgustdan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar oshirildi. Miqdorlar qanchaga yetdi?

    O‘zbekiston | 31 iyul, 23:51

    AQSHda rekord miqdordagi demokratlar Isroilga harbiy yordamni taqiqlash uchun ovoz berdi

    Dunyo | 31 iyul, 23:36

    G‘azodagi bolalar suratlaridan so‘ng Trampning Netanyaxuga nisbatan munosabati o‘zgardi — CNN

    Dunyo | 31 iyul, 23:02

    Sun’iy intellekt shifokorlar e’tiborsiz qoldirgan ko‘krak saratoni holatlarining 30 foizini aniqladi

    Dunyo | 31 iyul, 22:05

    AQSH yaqin uch yarim yil ichida Oyga qo‘nishni rejalashtirmoqda — NASA

    Dunyo | 31 iyul, 21:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.