• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Akademik Ivan Pavlov nazariyasiga binoan…” Stalinning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan olim hayoti nega “maxfiy” tamg‘asi ostiga yashirilgan edi?

    1950-yilning noyabri. Markazqo‘mning propaganda va tashviqot boshqarmasi boshlig‘i o‘ziga olib kelingan papkadan nigohini uzib, yuqoriga ko‘taradi: “Bu ayolning xotiralarini arxivga yuborish kerak”. Shunday qilib mashhur olim, Nobel mukofoti laureati, fiziolog Ivan Pavlovning shaxsiy hayotiga oid qaydlar “maxfiy” tamg‘asi ostida yashirilgan edi. “Daryo” “100 buyuk inson” loyihasi doirasida jahon darajasidagi buyuk olimning taqdiri haqida hikoya qiladi.

    Akademik Ivan Pavlov
    Foto: Wikipedia

    XX asrda rus olimlaridan hech kim akademik Ivan Pavlovdek xalqaro darajada mashhurlikka erishmagan edi. Bir safar britaniyalik mashhur fantast Gergert Uells u haqda shunday yozgan: “U hali kashf etilmagan yollarga nur sochib, butun dunyoni yoritib turgan yulduzdir”. Akademik Pavlov 130 ta akademiya, universitet va xalqaro ilmiy hamjamiyatlar a’zosi bo‘lgan. Butun dunyo uni fiziologiya fanining mayog‘i, shifokorlar va fiziologlarning yorqin hamda tan olingan o‘qituvchisi, ijodiy, bunyodkorlik ishining haqiqiy zohidi deb biladi.

    Ryazan shahridagi 1849-yil sentabrda dunyoga kelgan bo‘lajak olim umri davomida fiziologiya va tibbiyot sohasida ko‘plab kashfiyotlarni amalga oshiradi. U 10 nafar farazandga ega ruhoniy oilasining to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Bobosi ham cherkov xodimi bo‘lgan. Ota-onasining talabi bilan yigitcha diniy ta’lim olib, seminariyaga o‘qishga kiradi. Ammo taqdirning o‘zi uning ruhoniy bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. U otasining kutubxonasida turli qiziqarli illyustratsiyalar bilan tasvirlangan “Kundalik hayot fiziologiyasi” kitobiga duch keladi. Shuningdek, Sechenovning “Bosh miya reflekslari” kitobi ham unda katta qiziqish uyg‘otadi.

    Pavlov seminariyachilarga qo‘yilgan jiddiy cheklovlar sabab u yerni tark etadi va avvaliga Sankt-Peterburg universitetining yuridik fakultetiga o‘qishga kiradi, keyin esa fizika-matematika fakultetini tabiiy fanlar yo‘nalishida tahsil ola boshlaydi. Bu yerda u mashhur fiziolog professor Ilya Sion rahbarligi ostida butun umrini fiziologiya bilan bog‘laydi.

    Sion o‘zining prinsipialligi va sotilmasligi bilan ko‘plab hamkasblari hamda talabalarning nafratini qozongan, antidarvinchi, Sechenov va Turgenevlar bilan bahslashib turadigan shaxs edi. Keyinroq tor doirada shunday latifa tarqaladi: emishki Turgenev Sionga “Mumu”ni sovg‘a qilgan, u esa hayvonni yorib ko‘rib, itni Pavlovga topshiradi. O‘z navbatida uning ustida bir qator tajribalarni o‘tkazgan Pavlov itni Gerbert Uellsga namoyish etadi. Angliyaga qaytgan Uells “Mumu”ni Konan Doylga beradi, yozuvchi bo‘lsa, itni Grimpen botqoqliklariga qo‘yib yuborib, kuzata boshlaydi. Natijada “Baskervillar iti” povesti paydo bo‘ladi…
    Pavlov hamkasblari bilan tajriba jarayonida
    Foto: Wikimedia Commons

    Ivan Pavlovich universitetni tamomlagach, fiziologiya sohasidagi bilimlarini oshirishga qaror qiladi. Shu maqsadda u 1874-yilda Tibbiy-jarrohlik akademiyasiga o‘qishga kiradi. Uni a’lo baholarga tamomlagan Pavlov ikki yilga xorijga xizmat safariga yuboriladi. Chet eldan qaytib kelgach esa o‘zini butunlay ilm-fanga bag‘ishlaydi.

    Pavlov tomonidan qariyb 65 yil davomida fiziologiya sohasida amalga oshirilgan barcha ishlarni uch bo‘limga ajratish mumkin: qon aylanish fiziologiyasi, ovqat hazm qilish fiziologiyasi va miya fiziologiyasi. Pavlov sog‘lom organizmni o‘rganish imkonini beradigan tajribani amaliyotga tatbiq etadi. U o‘zi yaratgan shartli reflekslar usuli yordamida psixologik faoliyat asosini bosh miyada sodir bo‘ladigan fizologik jarayonlar tashkil etishini aniqlaydi. Uning oliy nerv tizimi fiziologiyasidagi tadqiqotlari psixologiya va pedagogika rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.

    Pavlov uylanguniga qadar moddiy ta’minot haqida deyarli o‘ylamagan va kundalik hayot tarzi e’tibordan chetda qolib kelgan. 1881-yilda rostovlik Serafima Karchevskayaga uylanganidan keyingina qashshoqlik nimaligini his qila boshlaydi. Ular 1870-yillar oxirida Peterburgda tanishib qolgandi. Serafima Qora dengiz flotida xizmat qilgan harbiy shifokorning qizi edi. Ona tomondan bo‘lsa, nasl-nasabi Kambag‘allikka yuz turgan dvoryanlar oilasiga borib taqalardi.

    Serafima Vasilyevna umrini uy ishlari va to‘rt farzand tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Pavlovning farzandlarini ismi Vladimir, Vera, Viktor va Vsevolod bo‘lgan. Ismi “V” harfidan boshlanmaydigan yagona farzandi Mirchik chaqaloqligida olamdan o‘tib ketadi. Vsevolod ham uzoq umr ko‘rmaydi. U otasining o‘limidan bir yil oldin vafot etadi.

    Foto: Wikimedia Commons

    1917-yilgi inqilob davrida Pavlovning yoshi 70 ga yaqinlashib qolgandi. Uning uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida olimga tegishli oltita oltin medal musodara qilinadi. Rossiya banklaridan birida turgan Nobel mukofoti bo‘lsa milliylashtiriladi. Pavlovning kvartirasi “kichraytiriladi”.

    Petrogratga kelib, akademikning uyiga tashrif buyurgan Gerbert Uells dahshatga tushadi. Nobel mufokoti lauretati kabinetining burchagida qishga zaxira qilib qo‘yilgan kartoshka va sholg‘om uyumi yotardi. Pavlov sholg‘omni o‘quvchilari bilan birga, och qolmaslik maqsadida yetishtirgan. Ammo bolsheviklar olimga yordam berishga shoshmas, xorijga qo‘yib yuborish haqidaku gap ham bo‘lishi mumkin emasdi. Pavlovni qo‘yib yuborish bo‘yicha Moskvaga Xalqaro Qizil hochdan so‘rov kelganidan keyingina kommunistlar sarosimaga tushib qoladi. Lenin Pavlovga akademiklarga xos ta’minotni taqdim etish, yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha shaxsan ko‘rsatma beradi. Rasmiylar jahon hamjamiyatining nazarida bu buyuk olimning taqdiri Sovet hokimiyatining umuman fanga bo‘lgan munosabatining ramzi ekanini tushunardi.

    Akademikning ta’minoti yaxshilanadi, u biroz tinchlanadi ham, hatto xorijga chiqib keladi. Pavlov Finlyandiya, AQSH, Fransiya va Angliyani aylanib keladi. Biroq baribir xorijda qolmaydi — u Petrograt yaqinidagi laboratoriyasini tashlab ketishni istamasdi. Ivan Pavlov kommunizmning ashaddiy kurashchisi edi. “Sizlar jahon inqilobiga bekorga ishonyapsizlar. Siz madaniy dunyoga inqilob emas, balki fashizm urug‘ini katta muvaffaqiyat bilan sepmoqdasiz. Sizlarning inqiloblaringga qadar fashizm bo‘lgan emas”, — deb yozadi u 1934-yilda Molotovga.

    Ziyoli qatlam orasida tozalash ishlari boshlanganida, Pavlov jahl otida Stalinga maktub yo‘llaydi: “Bugun rus ekanimdan uyalmoqdaman”. Hatto shu kabi chiqishlari uchun ham olimga hech kim teginmagan.

    “Inqilob salkam 70 ga kirganimda ro‘y berdi. Va shunga ishonch hosil qilyapmanki, insonning faol hayoti aynan 70 yil davom etadi. Shu boisdan inqilobni ochiq-oydin tanqid qilmoqdaman. Jin ursin ularni! Otilib ketsin. Baribir hayot tugadi, men g‘ururim talab etgan narsani qilaman”, degandi Pavlov.

    Ko‘pchilik Bulgakovning “Ityurak” asari qahramoni — professor Preobrajenskiyning prototipi Ivan Pavlov bo‘lgan deb hisoblaydi.

    Pavlov Nobel mukofotini ovqat hazm qilish trakti fiziologiyasidagi ishlari uchun 1904-yilda, ushbu sohaga asos solgan olim o‘limidan sakkiz yil o‘tib qo‘lga kiritadi. Tantanali marosim nutqida Pavlov u bilan hech qachon yo‘li tutashmaganini aytgan. Ushbu voqeadan 10 yillar oldin Nobel Pavlov hamda uning hamkasbi Marselliya Nenskiyga laboratoriyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kattagina mablag‘ yuborgandi. “Alfred Nobel fiziologik tajribalarga qiziqishini bildirdi va u bizga fiziologiyaning eng yuqori vazifalari, organizmlarning qarishi va o‘lishi masalasiga taalluqli bir nechta ibratli tajribalarni taqdim etdi”. Shuning uchun Pavlov Nobel mukofotini ikki marotaba qo‘lga kiritgan deya hisoblash ham mumkin.

    1935-yili 15-Xalqaro fiziologlar kongressida Ivan Petrovichga “Dunyo fiziologlari oqsoqoli” faxriy unvoni beriladi. Pavlov qoldirgan ilm jahon ilmining rivojlanishida poydevor bo‘lib xizmat qildi. AQSH, Angliya, Fransiya va boshqa davlatlarda Pavlov nomidagi maxsus laboratoriyalar tashkil etildi. 1936-yil 27-fevralda Ivan Pavlov 87 yoshida vafot etadi.

    “Maxfiy” grifi urilgan shaxsiy hayot

    Serafima Karchevskayaning taqdiri juda og‘ir kechadi: pulsizlik va ochlik, qallig‘ining sildan vafoti, o‘zining bezkakka chalinishi… Qiz yashashga bo‘lgan ulkan irodasini namoyon etib, ijara kvartirasida kasallikka qarshi kurashardi. Sekin-astda sog‘aya boshlagnida devor ortidan ajoyib kulgi ovozini eshitadi — bu xuddi bahorda ariqlarda oqadigan suvlar jarangi kabi edi. U faqat qalbi toza insongina bunday kula oladi degan hayolga boradi.

    Qiziquvchanlik og‘ir ahvolidan ustun chiqadi: Serafima mehmonxonaga chiqib, ko‘zlari yonib turgan baland bo‘yli yigitga duch keladi. Ivan Pavlov bilan ilk uchrashuv shunday boshlangandi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Serafima o‘z zamonasining ilg‘or ayollaridan edi: Dostoyevskiy va Turgenev bilan tanish bo‘lgan, Andrey Jelyabovning mashg‘ulotlariga qatnagan, teng huquqlilik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan. Ivan bilan bo‘lsa kecha-yu kunduz suhbatlashib o‘tirishga tayyor edi. Ularning sevgi qissasi juda sekin alangalangan, Pavlov go‘yoki faqat bir narsa — ilm-fan haqida o‘ylardi. Ammo uning yoshi 30 ga yaqinlashib qolgandi… Serafima bilan uchrashgunga qadar hech kim uning yuragiga qo‘l solib ko‘rmagan edi.

    Kutishdan charchagan qiz qishloqqa o‘qituvchilik qilish uchun yo‘l oladi. Shu onda Pavlov sarosimaga tushadi — axir qanday qilib usiz ketadi?! Bo‘lajak olim qizning oldiga qatnay boshlaydi va oxir-oqibat uning qo‘lini so‘raydi. Serafima yigitning ortga qaytib ketishga ham puli yo‘qligini tushunib, to‘yni qallig‘i mablag‘ to‘plab olgunga qadar kechiktirish mantiqan to‘g‘ri degan qarorga keladi. Ammo bu ham ish bermaydi: yigit Peterburgdan unga sevgi izhorlariga to‘la maktublarni yo‘llaydi, biroq ilmiy ishi to‘xtab qolgandi. Shunda Serafima uning yonida bo‘lsagina, biror ish chiqishini tushunib yetadi — u butun umri davomida erining yonida bo‘lib, barcha moliyaviy ishlarni yuritadi.

    1881-yilda juftlik oila quradi. Ivan Petrovich to‘y marosimiga bir tiyin ham qo‘shmaydi. U bunaqa mayda narsalarni o‘ylamasdi ham… Keyinchalik yosh er-xotin o‘rtasida janjal chiqsa ham bunga faqat moddiyat sabab bo‘lardi.

    Ammo ular birgalikda baxtli edi. Serafima eng og‘ir kunlarda ham erining yonida bo‘ldi. Oiladagi qashshoqlikka 1890-yilda, Pavlov kashfiyotlari o‘z samarasini ko‘rsata boshlagach, barham beriladi: u professor unvonini qo‘lga kiritib, yaxshi moyana olishni boshlaydi. 

    Pavlov nima bilan shug‘ullanganini ikki og‘iz so‘z bilan tushuntirsak: u fiziologiya va ruhiy jarayonlar o‘rtasida o‘ziga xos aloqa bor deb hisoblagan. Pavlovning ovqat hazm qilish mexanizmlari borasidagi ishlari ilm-fanda yangi yo‘nalishning rivojlanishiga xizmat qildi. Ilmiy bo‘lmagan doiralarga ham Pavlov shartli reflekslar qo‘llanmasi ustida ishlagani ma’lum. Mashhur “Pavlov iti” eksperimenti hayvonning tashqi ta’sirga bo‘lgan reflekslarini o‘rganish uchun tashkil etilgan. U tarjiba natijasida shakllanadigan refleks tushunchasini taqdim etgandi. Bundan tashqari, Ivan Pavlov miya funksiyalarini o‘rganishga ulkan hissa qo‘shgan.

    Nobel mukofotini olishga bag‘ishlangan tadbirda nutq so‘zlagan Pavlov
    Foto: Wikimedia Commons

    Dehqon oilasida tug‘ilgan olimning zuvalasi mustahkam bo‘lib chiqdi: yillar o‘tsada Pavlov o‘z tetikligi va mehnatsevarligini yo‘qotmadi. U ishga mukkasidan ketgan va o‘z tartibiga amal qilardi: stoli ustidagi buyumlari qanday holatda qoldirilgan bo‘lsa, shunday turishi kerak edi, aksincha bo‘lishi mumkin emas. Xarakteri ham oddiy emasdi, ammo hamma uni oqko‘ngilligi, hazil hissi, hayotga bo‘lgan ishtiyoqi sabab yaxshi ko‘rardi. Shuningdek, u barcha uchun oilaparvar edi, toki g‘alati gap-so‘zlar tarqalgunga qadar…

    Laboratoriyadagi yangi xodimi Mariya Petrovaga Pavlov darhol e’tirob qaratadi. U bu yerga 1912-yilda kelgan, dadil, jingalak sochi yanoqlariga tushib turadigan qiz edi. Mariyaning barcha yig‘ilishlarga borishi ham olimga yoqardi. Bir safar u qizni ishdan keyin birga sayr qilishga taklif etadi. Tez orada bunday sayrlar odat tusiga kiradi. Natijada mish-mishlar tarqaladi, Petrova haqoratli maktub oladi, ketishga chog‘lanadi… Dam olishdan qaytgan Pavlov u hech qayerga ketmaganidan xursand bo‘lib, “yarashuv”ni bo‘sa bilan mustahkamlash taklifini bildiradi.  

    Ivan Pavlovning o‘z mantig‘i bor edi: agarda bu sevgi bo‘lsa, hissiyotlarni yashirmaslik kerak. Tez orada Mariya Pavlovlar uyining asosiy mehmoniga aylanadi.

    —Siz haqingizda bor haqiqatni yozmoqchiman, — deydi Mariya bir safar. Ivan Pavlov javob qaytarmaydi, biroq keyin shunday deydi:

    —Kimgadir ozor berishni istamayman… Yozaver, ammo buni faqat rafiqam vafotidan keyin chop etish mumkin bo‘ladi.

    —Mening o‘limimdan keyin ham, — deya qo‘shimcha qiladi Mariya.

    Mariya Kapitonovna “Akademik Ivan Pavlov haqida xotiralar” kitobini hayotligida yozgan. 1948-yil mayda — 150 dan ortiq ilmiy mehnatlar muallifi olamdan o‘tadi. 1949-yil 1-dekabr kuni Leningrad “obkomi” kotibi Andrianov Malenkov nomiga maktub yo‘llab, Saltiko-Shchedrin nomidagi davlat kutubxonasiga 1947-yilda Mariya Petrovaning qo‘lyozmasi topshirilganini bildirgan. U Petrova “25 yildan ortiq vaqt davomida Pavlov bilan ishqiy aloqada bo‘lib kelganini” ham qo‘shimcha qilgan. Sovet davri mafkurasiga ko‘ra, xalq tanigan olimning bunday hayot tarzini oshkor qilib bo‘lmasdi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Partiya rahbariyati tomonidan o‘rganib chiqilgan qo‘lyozmaga “Maxfiy” grifi urilib, Markaziy partiya arxivida qoldirilgan.

    20.07.2023, 01:25   Izoh (0)   25878
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uni biror ayol bilan yolg‘iz qoldirib bo‘lmasdi”. AQSH prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi, “yolg‘iz qotil” atrofidagi farazlar va beva Jaklinning keyingi tur...

    03.07.2023, 09:33

    “Bu shunchaki biznes”: afsonaviy mafiya sardori Al Kaponening qonli tarixi

    10.07.2023, 09:13

    “Barchasi avtobusda joy bermagani oqibatida kelib chiqqan”. Amerikacha irqchilikka qarshi kurashgan ruhoniy — Martin Lyuter King va uning buyuk orzusi

    14.07.2023, 09:32

    Xitoy  harbiy jihatdan misli ko‘rilmagan darajada kuchaymoqda — Pentagon

    20.07.2023, 00:27

    Istanbul rasmiylari ehtimoliy zilzila uchun tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi

    20.07.2023, 00:02

    G‘alla bo‘yicha bitim to‘xtatilganidan keyin bug‘doy narxi keskin ko‘tarildi

    19.07.2023, 23:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.