• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Otasi mashhur bo‘lganini ko‘ra olmagan, harbiy bo‘lish nasib etmagan va birinchi turmushi omadsizlikka uchragan Ulug‘bek Qodirov 40 yoshda (foto, video)

    Ulug‘bek Qodirov bu yil 40 yoshni qarshilagan bo‘lishiga qaramay hamon oshiq yigitlar rolini maromiga yetkazib ijro etadi. Ma’lum sabablarga ko‘ra, bir muddat ijoddan yiroqlashgan aktyor yana kinoga qaytdi. Tasodifan san’at olamiga kirib kelgan Ulug‘bek Qodirov faoliyati davomida qanday qiyinchiliklarga uchragan. Keling, bu haqda atroflicha ma’lumot beramiz.

    “Ko‘richak sabab harbiy bo‘lolmaganman”

    Nosir va Farida Qodirovalar kenja o‘g‘illarining harbiy soha vakili bo‘lishini orzu qilishadi. Chunki uning bo‘ylari baland, sportga bo‘lgan qiziqishi ham yuqori edi. Afsuski, yosh Ulug‘bekka harbiy bo‘lish nasib etmadi.

    Foto:  Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — Ota-onam haqiqatan ham harbiy bo‘lishimni orzu qilishgandi. 15 yoshimda Toshkentdagi Suvorov nomli harbiy bilim yurtiga o‘qishga kirdim, ammo uni bitirish menga nasib qilmadi. Kutilmaganda ko‘richak bo‘lib qoldim. Jarrohlik operatsiyasidan keyin shifokorlar jismoniy mashqlar bajarishni ma’lum muddatga taqiqlashdi. Ota-onam meni oddiy maktabga qaytarishga qaror qilishdi. Shunday qilib, harbiylik kasbi haqidagi orzu o‘z-o‘zidan barham topdi. Ammo bolaligimdan sportga qiziqishim yuqori bo‘lgan. Ammo o‘zim ham, atrofimdagi insonlar ham aktyor bo‘lishimni xayollariga keltirishmagan.

    Foto:  Instagram / @ _ulugbekkadirov

    Bolaligim boshqalarnikidan farqli o‘tgan deyolmayman. Ota-onam kun bo‘yi ishda bo‘lishardi, biz esa uyda qolardik. Onam uy ishlarini barchamizga bo‘lib ketardi. Hamma zimmasiga yuklatilgan ishni qilishga majbur edi. Dadam o‘qimishli inson bo‘lgani uchun “Saodat” jurnaliga obuna bo‘lardi. Ishga ketayotganda jurnalning qaysi sahifalarini o‘qishimizni ham belgilab ketishardi, — deydi aktyor Ulug‘bek Qodirov. 

    “Artist bo‘laman, qonim to‘kildi”

    San’at institutiga hujjatlarimni tasodifan topshirganman. Institut binosi oldida ro‘y bergan voqeani taqdirning belgisi sifatida qabul qilganman.

    Foto:  Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — Bahorning iliq kunlarining birida do‘stlarim bilan Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli milliy bog‘ga aylangani bordik. O‘sha kunlari onam menga yangi poyabzal olib bergandilar. Ko‘p yurganimdan tufli oyog‘imni shilib tashladi. Ammo yurishdan to‘xtamadim. Shunda xayolimga san’at institutining oldiga yetib olsam bo‘ldi, degan fikr keldi. Institut binosi oldiga yetib borganimda, oyog‘im yanada, ko‘proq qonay boshladi. Bu qon institut darvozasi oldiga to‘kildi. O‘sha kuni kechqurun onamga “San’at institutiga hujjat topshiraman!” deb aytdim. Onam “Bu nima deganing?” deb hayron bo‘ldilar. “Qonim to‘kilgan joyga o‘qishga kirmasam bo‘lmaydi” deya javob berganman”, — deydi Ulug‘bek Qodirov.

    “Ilk rolim epizod bo‘lgan”

    Aktyor 2000-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga qabul qilingan. U institutning eng ko‘rkam talabalaridan biri bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik uning sahnaga moslashib ketishiga shubha qilgandi. Bunga aktyorning injiqligi va biroz jizzakiligi sabab bo‘lgan bo‘lsa ajabmas.

    Foto:  Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — Ilk rolimni 2001-yili “Ayol zoti” serialida ijro etganman. “Kastingdan o‘tding”, deyishganida rosa xursand bo‘lgandim. Ammo kichik epizodga tasdiqlashgan ekan. Kamera qarshisida hayajon albatta bo‘lgan, ammo rolga moslashishim qiyin kechmagan. 2004-yili institutni bitirgandan so‘ng ketma-ket yangi filmlarga takliflar bo‘ldi. “Devona” va “Sarvinoz” filmlarida suratga tushganimdan keyin odamlar taniy boshlashdi, — deydi aktyor.

    “Otamdan ayrilib qoldik”

    Aktyorning muvaffaqiyatli rollari ko‘p, ammo uning tanilishida “Sarvinoz” va “Baxt uchun million” rollari ko‘proq hissa qo‘shgan. Chunki 2005-yilda unga “Yilning eng yaxshi aktyori” nominatsiyasida g‘oliblik nasib etgan. 

    Foto:  Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — 2004-yili ijodimdagi eng barakali yillardan biri bo‘lgan. Ammo hayotimda og‘ir judolik bo‘lgani bilan ham xotiramda qolib ketgan. Chunki endi tanilib, filmlarim namoyish etilayotgan pallada otamdan ayrilib qolganmiz. Otamga filmlarimni ko‘rish, premyeralarda old qatorda o‘tirib, tomosha qilish nasib etmagan. Bundan ko‘p afsuslanaman, — deydi aktyor Ulug‘bek Qodirov.

    Ulug‘bek Qodirov bir oy yashab, ajrashgan...

    Foto: Instagram

    Aktyor Ulug‘bek Qodirov 2012-yilning sentabr oyida ota-onasining qistovi bilan uylangan. To‘y katta dabdaba bilan o‘tgan bo‘lishiga qaramay, kuyov bir oydan keyin ajrashishga qaror qilgan. Mish-mishlarga qaraganda, bunga kelinni yoqtirmay uylangani sabab bo‘lgan. 2013-yilning aprel oyida esa aktyor “Shahrizoda” guruhining a’zosi Aziza bilan oila qurgan. Ular 2014-yili qiz, 2016-yilda esa o‘g‘il farzandli bo‘lishganini ma’lum qilishdi.

    Rol uchun 25 kg vazn yo‘qotgan

    Aktyor Ulug‘bek Qodirov uchun qisqa muddatda ozish yoki semirish muammo emas. U “Aka” filmi uchun 26 kilogrammga semirgan. “Baron” filmi uchun esa avvalgi vazniga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Aktyor qisqa vaqtda 25 kilogramm vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Aktyorning ta’kidlashicha, u to‘plagan 120 kilogramm vazndan rol va salomatligi uchun voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: Kollaj

    — Bu yil ham rol uchun katta vazn tashlashimga to‘g‘ri keldi. “Osiyo arsloni” filmida asosiy rolni ijro etyapman. Kuchaytirilgan parhez sabab 25 kilogramm vazn tashladim, — deydi aktyor Ulug‘bek Qodirov.

    “Ulug‘bekni O‘zbekistonda xafa qilishgandi”

    Ulug‘bek Qodirov oilasi bilan AQSHga ko‘chib ketganligi ma’lum qilgandi. Ammo biror marta xorijga ketishining sabablarini ochiqlamadi. Faqatgina uning yaqin do‘sti va sport murabbiysi Habibulla Nizomov buning ayrim sabablarini ma’lum qilgandi.

    Foto:  Instagram / @ _ulugbekkadirov

    — Filmlarda o‘zbek aktyorlariga salbiy rol yoki ikkinchi darajali rollarni berib, asosiy rollar rus yoki turk aktyorlariga berila boshladi. Bir filmda kelishilgan gonorarni berishmagan. Qayta-qayta so‘rab, agar pulimni bermasangiz, dublyajga bormayman, deganidan keyin kinoni buyurtma qilgan tashkilotga ro‘para qilib qo‘ygan. Tasavvur qiling, gonorarni kelishgan odam qo‘rqitish uchun boshqa tashkilotni ro‘para qilib qo‘ygan. Balki, adolatsizliklarni ko‘rib, men o‘zim yangidan hayot boshlab, alohida yashab ko‘ray, degandir, — degandi Habibulla Nizomov.

    AQSHda pitssa tarqatish bilan shug‘ullanganmi?

    Foto:  Instagram / @ _ulugbekkadirov

    Aktyor birorta intervyusida AQSHdagi faoliyati haqida gapirmagan bo‘lsa-da, tinib-tinchimas muxlislar uning nima bilan shug‘ullanganligini aniqlashgan. U barcha muhojirlar singari pitssa tarqatish bilan shug‘ullangan emish.

    Muhimi, aktyor 3-4 yillik xorij safaridan so‘ng O‘zbekistonga qaytdi va ayni kunlarda “Alfons” serialida suratga tushmoqda.

    04.08.2023, 20:59   Izoh (0)   41959
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bitta seriya uchun 37 ming dollar: Turkiyalik aktyor va aktrisalar serialdagi ishtiroki uchun qancha pul oladi? 

    04.08.2023, 19:55

    Aktrisa bo‘lish uchun maktabni tashlagan va Bollivudda bir necha marta rekord o‘rnatgan Kajol 49 yoshda (foto, video)

    04.08.2023, 14:39

    Shahzodalarga turmushga chiqib ham baxt topa olmagan mashhur ayollar (foto) 

    04.08.2023, 12:35

    Jinoyatchilar orasida katta bo‘lgan, katolik maktabida o‘qigan, 5 marta oila qurgan — Jennifer Lopes qanday qilib dunyo yulduziga aylandi?

    04.08.2023, 11:35

    Ikkinchi dubl: ijodiy tanaffusdan so‘ng kinodagi karyerasiga qaytishi bilanoq tomoshabinlarni hayratda qoldira olgan yulduzlar (foto) 

    04.08.2023, 10:35

    Instagram: Shahlo Zoirova xonadonida mehmondorchilik, Davron Kabulov yangi biznes boshladi, Dilnoza Kubayevadan hindcha raqs 

    03.08.2023, 22:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.