Futbol bo‘yicha arab klublari o‘rtasidagi Chempionlar Kubogi bahsining 2-tur o‘yinida “An-Nassr” Tunisning “Monastir” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv saudiyaliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Krishtianu Ronaldu va Marselo Brozovich asosiy tarkibda o‘z ishtirokini boshladi va 90 daqiqa harakat qildi. Qayd etib o‘tish joiz, 38 yoshli portugaliyalik futbolchi 74-daqiqada o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, “An-Nassr” Chempionlar Kubogining 1-turida “Ash-Shabob” bilan 0:0 hisobida durang natija qayd etgandi.
Chempionlar Kubogi
1-avgust, seshanba
“Monastir” Tunis – “An-Nassr” Saudiya Arabistoni
Gollar: 0:1 – Taliska (42), 1:1 – Lajami (66, avtogol), 1:2 – Ronaldu (74), 1:3 – Al-Amri (88), 1:4 – Al-Aliva (90).
“An-Nassr”: Al-Akidi, Al-Ganam (Al-Aliva, 46), Mado (Al-Amri, 78), Lajami, Telles (Konan, 81), Brozovich, Seko Fofana, Al-Gannam, Garib (Al-Haybari, 90+2), Taliska (Al-Hassan, 90+1), Ronaldu.
Izoh (0)