• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga qanday jarimalar bor?

    O‘zbekiston Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar uchun qoidabuzarlikdan kelib chiqib qo‘llanadigan o‘nlab jarimalar belgilangan.

    Foto: “Daryo”

    Avtotransportni belgilangan tartiblar va yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan boshqarish bir qancha jarimalarga sabab bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xususan:

    • Belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirish BHMning 1 baravari (330 000 so‘m) miqdorida;
    • Belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirish BHMning 5 baravari (1 650 000 so‘m) miqdorida;
    • Belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirish BHMning 9 baravari (2 970 000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

    Eng yuqori jarimalardan biri avtotransport vositasini mast holda boshqarganlik uchun BHMning 25 baravari (8 250 000 so‘m) miqdorida jarima belgilangan.

    Avtomobil oynasini texnik reglamentga mos bo‘lmagan tartibda, tegishli ruxsatnomasiz qoraytirish (tonirovka)  BHMning 25 baravari (8 250 000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning qirq baravari miqdorida (13 200 000 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shuningdek:

    • Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish BHMning 15 baravari (4 950 000 so‘m) miqdorida;
    • Avtotransportni boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi BHMning 5 baravari (1 650 000 so‘m) miqdorida;
    • Avtotransportni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish BHMning 3 baravari (990 000 so‘m) miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi.

    Kodeksda yana ko‘plab yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalar belgilangan. Jumladan, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun BHMning 2 baravari (660 000 so‘m) miqdorida jarima yoziladi. Temiryo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzganlik uchun BHMning 3 baravari (990 000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llaniladi. Bunda haydovchi transportni boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha mahrum qilinadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Shu bilan birga, yo‘llarda guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashish BHMning 3 baravari (990 000 so‘m) miqdorida, svetoforning taqiqlovchi signalida to‘xtash chizig‘ini bosib kirish BHMning ikkidan bir qismi (165 000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi. Agar haydovchi svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tsa, unga nisbatan BHMning 2 baravari (660 000 so‘m) miqdorida jarima yoziladi.

    Kodeksda yana kichikroq miqdordagi jarimalar ham ko‘plab qoidabuzarliklar uchun belgilab qo‘yilgan. Masalan, avtomobil tovush signalini sababsiz chalganlik uchun BHMning 1 baravari (330 000 so‘m) miqdorida, avtotransportni piyodalar yo‘lkalaridan yurgizganlik uchun BHMning ikkidan bir qismi (165 000 so‘m) miqdorida jarima bor.

    Yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik BHMning ikkidan bir qismi (165 000 so‘m) miqdorida, avtotransportlarni quvib o‘tish BHMning ikkidan bir qismi (165 000 so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Yana bir qoidabuzarlik turi yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning avtotransportni boshqarishidir. Buning uchun haydovchiga nisbatan BHMning 1 baravari (330 000 so‘m) miqdorida jarima yoziladi.

    Shuningdek, ishonchnomalarni, avtotransportni boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan (hisobga qo‘ymasdan) boshqarish BHMning 1 baravari (330 000 so‘m) miqdorida, avtotransport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislarisiz boshqarish BHMning 2 baravari (660 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi.

    30.07.2023, 20:48   Izoh (0)   29373
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda bolakay “udlinitel”ga osilib, 5-qavatdan o‘zini tashladi

    30.07.2023, 19:56

    Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxtlar ko‘chirilishiga sabab bo‘ladigan yo‘l loyihasi o‘zgartiriladigan bo‘ldi

    30.07.2023, 18:38

    Toshkentning ikki tumanida favqulodda holat sabab “svet” o‘chdi

    30.07.2023, 17:11

    O‘zbekiston Ozarbayjon energetika tizimi tajribasidan foydalanishi kutilmoqda

    30.07.2023, 16:28

    O‘zbekistonda qotillikda gumonlanib, 21 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi

    30.07.2023, 15:21

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida eng ko‘p oylik ish haqi to‘lanadi?

    30.07.2023, 14:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.