Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning Ukrainani hech qanday shartlarsiz NATOga qabul qilish kerakligi haqidagi fikriga munosabat bildirdi.
Medvedevning fikricha, Jonson “hech qanday shartlarsiz ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizilishi kerak”.
“Bu nafaqadagi ahmoqni ruhiy kasallar shifoxonasiga hech qanday shartlarsiz qabul qilish kerak. Aynan o‘sha yerda, o‘ziga o‘xshaganlar orasida u qahramon yigit obraziga kirib, uchinchi jahon urushini boshlashni talab qilishi mumkin bo‘ladi”, — deb yozdi Medvedev Telegram’da.
Shuningdek, u o‘z postida Vladimir Visotskiyning “Jinxonadan maktub” qo‘shig‘idan iqtibos keltirdi.
11—12-iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tgan ikki kunlik NATO sammiti yakuniga ko‘ra, Katta yettilik davlatlari Ukraina bilan xavfsizlik sohasida kelishuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha deklaratsiyani imzoladi. Boris Jonsonning fikricha, NATO davlatlari “kuchli bo‘lishi” va Ukrainani imkon qadar tezroq va hech qanday shartlarsiz alyansga qabul qilishi kerak.
Izoh (0)