• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12758.36
    • RUB163.34
    • EUR14820.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Qamalishimga oz qolgan” — huquq sohasida o‘qigan, Toshkentda yashashni istamaydigan va Dubayda ko‘ngilsizlikka uchragan Bunyodbek Saidov 37 yoshda (foto, video)

    “Yorim aldoqchi” va “Lo‘ppi-lo‘ppi” qo‘shiqlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgan xonanda Bunyodbek Saidov bu yil 37 yoshni qarshiladi. Uning omadli ijodkor deyish mumkin. Boisi u tasodifan san’atga kirib kelgan va qiyinchiliklarsiz mashhurlik cho‘qqisini zabt etgan.

    Foto: Instagram / @bunyodbeksaidov

    “Oilaning yolg‘iz farzandiman”

    Xonanda 1986-yili Xorazm viloyatining Urganch shahrida tavallud topgan. U oilaning yolg‘iz farzandi bo‘lgani va ota-onasi uning huquqshunos bo‘lishini orzu qilishgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @bunyodbeksaidov

    — Ota-onam pillachilik korxonasida oddiy ishchi bo‘lishgan. San’at oilamizga begona emas. Chunki amakilarim to‘y-hashamlarda qo‘shiq aytishardi, dadam esa korxonadagi ishidan tashqari ularga ovoz kuchaytirish apparatlarini o‘rnatishda yordam berardi. Oilada yagona farzandman. Onam “Tilab olgan farzandimsan”, deb ko‘p aytardi. Ota-onam bolalikdan ta’lim olishimga jiddiy e’tibor berishgan. Huquqshunos bo‘lasan, deb maktabni tamomlaganimdan keyin yuridik kollejga o‘qishga olib borishgan. Qiziqishim yo‘q bo‘lgan, deyolmayman. O‘zim ham ijtimoiy-gumanitar fanlarni yaxshi ko‘rardim. Shu bois huquq bo‘yicha o‘qish qiyinchilik tug‘dirmagan, — deydi Bunyodbek Saidov.

    “Qo‘shiq aytaman deyishga uyalganman”

    Xonanda qo‘shiq aytishga bo‘lgan qiziqishining uyg‘onishida kollejdagi muhit ta’sir etgani, ammo bu haqda ota-onasiga aytishga uyalgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @bunyodbeksaidov

    — Bolalikda san’atkor bo‘lishni orzu qilmaganman. Ammo kollejga o‘qishga kirganimda tadbirlarda qo‘shiq aytishimga to‘g‘ri kelgan. Ovozim yaxshi ekanligini bilgan o‘qituvchilar ham tadbirlar bilan band qilib qo‘yishardi. Avvaliga bu qistov yoqmasdi, hatto ota-onamga qo‘shiq kuylayotganimni aytishga ham uyalganman. Ammo borgan sari san’atga bo‘lgan qiziqishim kuchayib boravergan. Uchinchi kursda o‘qiyotganimda respublika bo‘ylab san’at festivali o‘tkazilgan. Xorazm nomidan ishtirok etib, birinchilikni qo‘lga kiritganman. Shunda do‘stlarim “Ustozlarning qo‘shig‘ini aytib yuraverasanmi, o‘zing ham birorta qo‘shiq yoz”, deyishganidan keyin Navro‘z bayramiga bag‘ishlab qo‘shiq kuylaganman.

    Bir kuni amakim to‘yda ishtirok etolmaydigan bo‘lib qoldi. O‘shanda bor-yo‘g‘i 16 yoshda edim. O‘sha to‘yni men o‘tkazaman, deb katta to‘yda yolg‘iz hofizlik qilganman. Kechga uyga qaytsam bobom ishlab kelgan pullarimni ko‘rib, “Eh, shuncha pul topdingmi? Amakingdan daromading yuqori-ku”, deb kulgandi. Mana shunday keyin to‘ylarga chiqishimga bo‘lgan talab ham ortib ketgan, — deydi Bunyodbek Saidov.

    “21 yoshimda konsert berganman”

    Xonanda ilk yakkaxon konsert dasturini 2007-yili bergani va u ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. 

    Foto: Instagram / @bunyodbeksaidov

    — 2007-yilda bor-yo‘g‘i beshta qo‘shig‘im bor edi. Kutilmaganda tashkilotchilar yakkaxon konsert berish taklifini berishgan. Birorta klipim yo‘q bo‘lsa, uni ustiga qo‘shiqlarim ham kam, deb rad etmoqchi bo‘lganman. Ammo baribir qachondir boshlash kerakligi haqida o‘ylab, rozi bo‘lganman. Konsertga yaqin faqat shoir va bastakorlar bilan ishlab, qisqa muddatda qo‘shiqlarim sonini 20 taga yetkazganman. Bir kunlik konsert a’lo darajada boshlangan. O‘n beshinchi qo‘shiqni maroq bilan kuylayotganimda rahbariyatdan kelib, konsertni to‘xtatishni aytishgan. Ko‘chada konsertga kirolmagan odamlar to‘planib turgan ekan. 15 ta qo‘shiqni aytib, konsertning ikkinchi seansini ham berishga majbur bo‘lganmiz, — deydi Bunyodbek Saidov.

    “Men Toshkentda yashay olmayman”

    Foto: Instagram / @bunyodbeksaidov

    — Buning uchta asosiy sababi bor. Ota-onam Xorazmga o‘rganishgan, Toshkentga moslashish baribir ularga qiyinchilik tug‘diradi. Men esa yolg‘iz farzandlar ularni Xorazmda qoldirib, o‘zim poytaxtda yasholmayman. Keyingi sababi esa muxlislarimning asosiy qismi baribir Xorazmda. Ijodimga u yerda talab yuqori bo‘lgani uchun muxlislarimni tashlab, Toshkentda yashashni istamaganman. Keyin do‘stlarim, ijodiy hamkorlarimni tashlab kelishga ham ko‘zim qiymaydi. Toshkentda yashash taklifini ko‘p berishgan, ammo bu yerda san’atkor ko‘p. Mening poytaxtda yashashim hech narsani o‘zgartirmaydi, deb hisoblayman, — deydi xonanda Bunyodbek Saidov. 

    “Xolamning qiziga uylanganman”

    Xonanda oilali, uch farzandning otasi. U begonaga emas, xolasining qizi bilan oila qurgan. 

    Foto: Instagram / @bunyodbeksaidov

    — Hayotimdagi hamma narsa ota-onamning xohishi bilan bo‘lgan. Chunki yolg‘iz farzand bo‘lgandan keyin baribir ota-onaning istagi bilan o‘rtoqlashish shart. Ikki-uchta o‘g‘il bo‘lsa, yaxshi kelinlarning ichida bitta yomoni unchalik sezilmaydi. Uylanishdan avval shular haqida ko‘p o‘ylaganman. Va onamning taklifi bilan xolamning qizi bilan oila qurganman. Erkak kishining ayoli va onasi til topishsa, bu baxt. Ko‘z tegmasin, hammasi yaxshi. Muhimi oilamdan hamisha ko‘nglim tinch, — deydi xonanda Bunyodbyek Saidov.

    “Dubayda qamalishimga bir baxya qolgan”

    Bunyodbek Saidov Dubaydagi ijodiy safari chog‘ida yo‘l qoidasini buzgani uchun qamalishimga bir baxya qolgani haqida eslab o‘tdi. 

    Foto: Instagram / @bunyodbeksaidov

    — 2014-yili Eldor Qayumov bilan hamkorlikda ilk marta “Macho” nomli qo‘shiqni yaratdik. Qo‘shiq yo‘nalishidan kelib chiqqan holda unga Dubay shahrida klip suratga olishni rejalashtirdik. Murod ismli do‘stim operatorlik qiladigan bo‘ldi. Klip uchun u yerdagi o‘zbek akalarning yordami bilan qimmat, usti ochiq mashinani ijaraga oldik. Mashinada joy yo‘qligi uchun suratga olishga Murod ikkimiz chiqishimizga to‘g‘ri keldi. Ikkimiz ham til bilmaymiz. Men ruldaman, Murod esa operatorlik qildi. Ikkimiz ishga berilib, belgilanmagan hududga o‘tib ketibmiz.

    Foto: Instagram / @bunyodbeksaidov

    Eng yomoni tezlikni ham 100 km soatdan kamaytirsa, jarimaga tortilar ekan. Men bir vaqtning o‘zida ikkita qoida buzganman. Eng yomoni yo‘ldan adashib, sayyohlarni xushlamaydigan odamlar orasiga tushib qolganmiz. Politsiya kelib, bizni vaqtinchalik qamoqqa olishini aytgan. Tilni bilmaganimiz uchun o‘zimizni oqlay olmaganmiz. Baxtimizga mashina bergan o‘zbek akalar yordam berishgan. Bo‘lmasa, Dubay hibsxonasida ham sayohat qilib chiqarmidik, — deydi Bunyodbek Saidov.

    07.07.2023, 20:15   Izoh (1)   42150
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5891598702@telegram.org / 09.07.2023, 19:19

      Matnda grammatik xatolar köp, muharrir tekshiruvidan ötmaganmi bu maqola?

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avval va keyin: hech qanday operatsiyalarsiz o‘nlab kiloga ozgan mashhur ayollar (foto)

    07.07.2023, 18:30

    Nochorlikdan Gollivud yulduzigacha: Silvestr Stallone qanday qilib millionlarning kumiriga aylandi? (foto)

    07.07.2023, 17:30

    Jan Yaman, Burak O‘zchivit, Kivanch Tatlitug‘ va boshqa mashhur turk aktyorlari kinodagi karyerasi davomida qanchalik o‘zgargan? (foto)

    07.07.2023, 14:45

    Karyerasini 30 yoshdan keyin boshlagan bo‘lsa-da, dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzlari (foto)

    07.07.2023, 11:30

    “Istanbullik kelin” seriali yulduzi Asli Enver ilk marta ona bo‘ldi 

    06.07.2023, 21:58

    Instagram: Ulug‘bek Rahmatullayev farzandli, Manzura “nevarali” bo‘ldi, Yulduz Usmonovadan bayonot, xorijda dam olayotgan mashhurlar

    06.07.2023, 20:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iroqda savdo markazidagi yong‘inda 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 17 iyul, 13:06

    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

    Reklama | 17 iyul, 11:59

    OFK. Jahon chempionati 4-saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    Sport | 17 iyul, 12:39

    O‘zbekistonda 18-iyul kuni 45 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 12:16

    Ko‘kdaladagi gaz zapravkadagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 10:30

    Isroil xavfsizlik vaziri Suriya prezidentini o‘ldirishga chaqirdi

    Dunyo | 17 iyul, 10:10

    Avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarish uchun ruxsatnomani onlayn olish mumkin bo‘ladi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 09:30

    Toshkentda PPX inspektori qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 08:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.