Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarini ShHT bankini tashkil etishga chaqirdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Japarov Hindiston raisligidagi SHHTning 23-sammitida tegishli taklifni ilgari surdi. U tashkilot aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirishni taklif qildi. Qirg‘iziston prezidenti mazkur tashabbus assotsiatsiya mamlakatlari taraqqiyoti va hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilishi kerakligini aytdi.
“SHHT makonida barcha transport turlarida tashish sifatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirish zarur. Tranzit salohiyatidan foydalanish mintaqaning iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi Japarov.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham SHHT Taraqqiyot bankini tashkil etish g‘oyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Izoh (0)