Bugun 4-iyul kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahrida SHHT Davlat rahbarlari kengashining yigirma uchinchi sammiti virtual formatda bo‘lib o‘tmoqda.
Sammitning ochilishida nutq so‘zlagan XXR raisi Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari uyushma doirasida milliy valyutalarda hisob-kitoblarni ko‘paytirishi kerakligini ta’kidladi.
“Tashkilot doirasida milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushini oshirishni maqsadga muvofiq deb bilaman”, — dedi Xitoy rahbari.
Shuningdek, u suveren raqamli valyutalar bo‘yicha hamkorlikni oshirish va SHHT Taraqqiyot bankini yaratish ustida ishlash zarurligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)