Yevropa Ittifoqi Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealarni mamlakatning ichki ish deb hisoblaydi va vaziyatni kuzatib boradi, dedi Bryusselda jurnalistlarga Yevrokomissiya vakili.
“Bu Rossiyaning ichki ishi. Biz vaziyatni kuzatib boryapmiz”, — dedi u.
23-iyun, juma kuni kechqurun “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya armiyasi shaxsan Sergey Shoyguning ruxsati bilan “Vagner” lagerlariga raketa hujumi uyushtirganini ma’lum qildi (Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarni inkor etdi).
Shundan so‘ng Prigojin “adolat marshini” boshlashga va’da berib, o‘z askarlari bilan Moskva tomon yo‘lga chiqdi. Ko‘pchilik bu tahdidni harbiy to‘ntarish uyushtirishga urinish sifatida qabul qildi.
Rossiya prezidenti Putin “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning xatti-harakatlarini “xiyonat va orqadan pichoq urish” deb baholadi va har qanday ichki tartibsizliklar qonun doirasida qattiq jazolanishini ma’lum qildi.
Izoh (0)