Turkiyaning “Demiroren” axborot agentligi tomonidan O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Amirsaid A’zamxo‘jayev bilan bo‘lajak muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi jarayonlariga bag‘ishlagan intervyu video va matn shaklda e’lon qilindi, deb yozmoqda “Dunyo”.
Nashrda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiya ma’lumotlari asosida 10 784 ta saylov uchastkasi tashkil etilgani ma’lum qilingan. Bosh konsul 39 ta xorijiy davlatda 56 ta saylov uchastkalari tashkil etilganini aytgan.
“Turkiyada ikkita joyda saylov uchastkasi tashkil etiladi. O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasida va Istanbuldagi Bosh konsulxonada tashkil etilgan saylov uchastkalarida Turkiyada bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz o‘z tanlovlarini amalga oshirishi mumkin”, — deydi Amirsaid A’zamxo‘jayev.
Suhbat davomida, shuningdek, Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari prezident saylovida muddatidan oldin 28-iyundan 5-iyulgacha ovoz berishi mumkinligi ta’kidlangan.
Izoh (0)