• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Toshkentda 2-3 ming dollarga uy oladigan davrda otam 140 ming dollar qarzga botgan” — kasallik sabab futboldan chetlashgan, eng yuqori ball bilan talaba bo‘lgan Davron Kabulov 36 yoshda (foto, video)

    Davron Kabulov bugungi kunda eng talabgir shoumenlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, u “Million” jamoasining asoschisi va tadbirkorlik sohasida qator yutuqlarga erishgan. Ammo u ham o‘z-o‘zidan bugungi mashhurlikka erishgani va osonlikcha odamlar mehrini qozongani yo‘q. 

    “Bozorda meva sotardik”

    Davron Kabulov Toshkent shahrida, ishchilar oilasida dunyoga kelgan. Buvisining erta o‘limi sabab uni bobosining tarbiyasiga berishgan. Boboga ermak bo‘lgan nabira bolalikdan mehnatga o‘rgangan.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Yon qo‘shnimiz boshqa millat vakili edi. U elchixonada ishlagani uchun tomorqasiga e’tibor berolmasdi. Bobom rahmatli o‘zimiznikiga qo‘shib qo‘shnimizning bog‘iga ham olcha daraxtini ekkandi. Har yili 13 tup olcha daraxtining mevalarini terib, bozorga olib borib sotardik. Bobom “Sharq yulduzi” jurnalini o‘qishni yaxshi ko‘rardi. Tokchalaridan gazeta, kitob va jurnallar arimasdi. Barcha bolalar singari men ham sho‘x va o‘yinqaroq bo‘lganman. Baholarim faqat a’lo bo‘lmasa ham, ustozlarim bilan tez til topishib ketardim. Chunki tengdoshlarimga nisbatan fikrlarim ancha teran bo‘lgan. Albatta, bunda bobomning hissasi katta bo‘lgan, — deydi Davron Kabulov.

    “Kasallik sabab futboldan ketganman”

    Davron Kabulov bolalikdan futbolchi bo‘lishni orzu qilgan. Afsuski, kasallik sabab shifokor unga futbol o‘ynashni man qilgan.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Bolaligimdan san’atkor bo‘laman, deb niyat qilmaganman. Ammo esimni taniganimdan buyon futbolchi bo‘lishni orzu qilardim. Afsuski, 14 yoshimda ko‘kyo‘tal kasalligiga chalinganman. Shifokorlar bir yilga qadar futbol o‘ynashni va yugurishni taqiqlab qo‘yishgan. Afsuski, cheklov davridan so‘ng futbolni o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoqim ancha sustlashgan. Ammo bu sport sharhlovchisi bo‘lishimga katta hissa qo‘shgan, — deydi Davron Kabulov.

    “Dadam katta qarzga botgan”

    Ko‘pchilik Davron Kabulovni badavlat inson deb biladi. Ammo uning oilasi ham qiyin moliyaviy kunlarni boshidan o‘tkazgan.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — 1994-yil oilamiz uchun juda og‘ir kechgan. Buvim vafot etgan. Oradan ko‘p o‘tmay uyimizda yong‘in chiqib, bor-budimiz alanga ichida qolgan. O‘sha kunga qadar dadam tadbirkorlik bilan shug‘ullanar edi. Birdan ishlari orqaga ketib, 140 ming AQSH dollari miqdorda qarzga botgan. O‘sha paytda poytaxt markazi bo‘lgan Oybek metrosi tomondan 2-3 ming AQSH dollariga uy olsa bo‘ladigan paytlar edi. Endi qarzning qanchalik katta ekanligini tasavvur qilavering. Qarzni to‘lash kerak deb o‘zimni ko‘p narsalardan cheklardim, — deydi Davron Kabulov.

    “Pul to‘lab o‘qimayman, deganman”

    Davron Kabulov bilan suhbatlashgan inson uning ilmli inson ekanligini darhol payqaydi. Boshqa hamkasblaridan farqli ravishda, u kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi. Institutga ham grant asosida o‘qishga qabul qilingan.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olganman. O‘qishga kirish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rganman. Oilamning moddiy ahvolini bilganim uchun “Agar kontrakt asosida o‘qishga kirsam, o‘qimayman”, deb o‘z-o‘zimga va’da bergandim. Shuning uchun imtihonga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganman. Tarixdan 36 ta, ona tili va adabiyoti fanidan esa 33 ta testni to‘g‘ri topganman. Ingliz tilidan ancha sust edim, 18 tagina to‘g‘ri javob topganman. U paytdagi universitetlarga kirish ballari ancha yuqori edi. “Oilamni qiyin vaziyatdan olib chiqaman”, degan qat’iy qarorim sabab eng yuqori ballni olib, talaba bo‘lganman, — deydi Davron Kabulov.

    “Men Eldor Mustafoyevdan yaxshiroq sharhlayman”

    Davron Kabulov tasodifan sport sharhlovchisi bo‘lgani haqida ham so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — A’lochi talaba bo‘lmaganman, ammo o‘z fikrimni aytishni, bahslashishni yaxshi ko‘rardim. 86 ta talaba o‘tiradigan auditoriyada orqadagi o‘rindiqqa o‘tirib, qo‘shimchasiga ikki oyog‘imning tagiga ham alohida stullar qo‘yib qo‘yardim. Bir kuni ustozimiz sport jurnalistikasi haqida mavzu o‘tayotganda sharhlovchi Eldor Mustafoyev haqida gap ochgan. Tasodifan “Men futbolni undan yaxshiroq sharhlayman”, deb yuborganman. “Qani o‘rningdan tur-chi, haqiqatan futbolni yaxshi sharhlaysanmi?” degan. Ishonch bilan ha deganimdan keyin ikki kundan keyin televideniyega kelishimni tayinlagan. Keyin bilsam, u ustoz universitetdan tashqari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ham ishlar ekan. Farhod Ro‘ziyev direktorning 1-o‘rinbosari bo‘lib ishlarkan, tezda yoniga sport bo‘limi muharrirlarini chaqirib, “Bu bolaga bir tekst o‘qitib ko‘ringlar”, degan. Bolalikdan sportni kuzatganim uchun ular berayotgan savollar umuman qiyinchilik tug‘dirmagan, — deydi Davron Kabulov.

    “Ishga kirolmaysan, deyishgandi”

    Davron Kabulov hayotida ham hammasi oson kechmagan. U radioga ishga olinmagan kunlarini kulib eslaydi.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Universitetda o‘qiyotgan paytimda radioboshlovchilikka qiziqib qolganman. “Poytaxt” radiosiga ishga olishmagan. “Ovozing yaxshi-ku, ammo talaffuzing xato deyishgan. Hatto qo‘shimchasiga “Bu kamchilik bilan seni hech qayerga ishga olishmaydi”, deb yupatib ham qo‘yishgan. Sport xabarlari redaksiyasiga ishga kirganimdan keyin diktorlar o‘qigan qog‘ozlarni uyga olib kelib, har kuni kechqurun matnlarni o‘qishni mashq qilardim, — deydi Davron Kabulov.

    “Efirdan chetlatib, jazolashgan”

    Davron Kabulov avvaldan cho‘rtkesar bo‘lgani, jonli efirda o‘ylamay gapirib yuborganlari uchun efirdan chetlatilgani haqida gapirib berdi.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Futbolni bor-yo‘g‘i 3 marta sharhlash baxtiga musharraf bo‘lganman. Oxirgi jonli efirda qovun tushirganimdan keyin meni 3 oyga efirdan chetlatishgan. 2006-yildan to 2012-yilga qadar televideniyeda ishladim. “Million” jamoasi tashkil etilganidan keyin bor e’tiborimni unga qaratishga qaror qilganman. Chunki televideniyedagi “aytish mumkin emas” gaplarni aytmasligimga javob berolmasdim, — deydi Davron Kabulov.

    “Yevropani eslatuvchi mehmonxona qurdim”

    Davron Kabulov “Million” jamoasidagi faoliyatidan tashqari tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanadi. U erkaklar kiyim brendini yo‘lga qo‘ygan. 

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Yetti yil davomida hech qanday kredit va moliyaviy yordamsiz mehmonxona qurdik. Bu yil mehmonxona ishga tushadi. Yevropa mehmonlarini eslatadigan mehmonxona Toshkentda turizm salohiyatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi, degan umiddaman, — deydi Davron Kabulov.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    Davron Kabulov oilali, ikki qizaloqning otasi hisoblanadi.

    22.06.2023, 18:57   Izoh (0)   39995
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ginness rekordlariga kiritilgan, chiqindixonadan topib olgan chaqaloqni o‘z farzandidek voyaga yetkazgan Mithun Chakraborti 73 yoshda (foto)

    22.06.2023, 12:59

    Gollivudning uzoq yillar davomida baxtli yashab kelayotgan yulduzli juftliklari (foto)

    22.06.2023, 09:39

    Sevgilisining xiyonatini bilgach, “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram rolini tashlab ketgan Maryam Uzerlining taqdiri qanday kechdi?

    21.06.2023, 17:26

    “Umida Mirhamidova yoshiga yarasha ish qilsa bo‘lmaydimi?” — xonanda QVZdagi ishtiroki, o‘rinli e’tirozlar va u qo‘yayotgan cheklovlar haqida gapirdi (video)

    21.06.2023, 13:28

    “Onam kuniga 1 dollar ishlab topardi”: Jennifer Garner onasining qiyinchiliklar bilan o‘tgan hayoti va undan katta saboq olgani haqida

    21.06.2023, 12:28

    Yulduzli duetlar: Ekranda tabiiy ko‘ringani uchun qayta-qayta birgalikda rol ijro etadigan juftliklar (foto) 

    21.06.2023, 10:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.