Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida ikki nafar bola suvda oqib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
13-iyun kuni Oltinko‘l tumani “Andijon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda 2010-yilda tug‘ilgan T.N. va 2011-yilda tug‘ilgan S.A. oqib ketgani ma’lum qilingan. 14-iyun kuni T.N.ning jasadi topilgan.
Hozirda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in qutqaruv otryadining Suvda qidiruv guruhi tomonidan suv ostida qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)