Zirhli transport vositalarini ishlab chiqaruvchi va ularga xizmat ko‘rsatadigan Chexiyaning VOP CZ firmasi “xavfsizlik nuqtayi nazaridan soni ochiqlanmagan” Ukraina T-64 tanklarini modernizatsiya qiladi, dedi firma direktori Mark Shpok.
“Tanklar optik kuzatuv moslamalari, zamonaviy aloqa vositalari va boshqa vositalar bilan jihozlanadi”, — dedi Shpok CHTK axborot agentligiga. Korxona direktorining so‘zlariga ko‘ra, tanklar o‘nlab yillar davomida saqlanib kelgan. Ular kapital ta’mirga muhtoj.
VOP CZ va "Ukroboronprom" o‘rtasidagi kelishuv shu yilning 8-fevralida tuzilgan. Hamkorlik harbiy texnika ishlab chiqarish, turli kalibrli o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish markazlarini rivojlantirish, shuningdek, yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlikni ko‘zda tutadi.