So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12300.09
    • RUB 136.58
    • EUR 13404.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +7°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Kaxovka GESga hujum: uni qayta tiklash qanchaga tushadi va bu nega Ukraina uchun muhim?

    6 iyun, 20:36 11737

    Xersonning Rossiya nazoratidagi qismida 6-iyun kuni vayron qilingan Kaxovka GESni qayta tiklash uchun 800 million dollardan 1 milliard dollargacha mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu haqda “Ukrgidroenergo” rahbari Ihor Sirota Forbes Ukraine nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

    Foto: Videodan kadr

    Sirotaning so‘zlariga ko‘ra, stansiyaning o‘zidan tashqari, ko‘prik va temir yo‘l kesishmasini ham qayta qurish kerak. Bularning barchasi vayron qilingan. “Ukrgidroenergo” rahbari agar qurilish ishi 24/7 soat davom etsa, Kaxovka GESni besh yil ichida qayta qurish mumkinligini bildirdi.

    “Bugun loyihani amalga oshiruvchi institut bilan bu masalani muhokama qildik. Bizga allaqachon Italiya va Turkiyadan quruvchilar murojaat qildi”, — dedi Sirota.

    Shuningdek, u energetika tizimini barqarorlashtiruvchi roldan tashqari, Kaxovka GESning suv ombori ko‘plab ukrainaliklar va korxonalarni suv bilan ta’minlaganini ta’kidladi.

    Kaxovka GES portlashi: Ukraina energetikasiga qanday ta’siri bor?

    Ukraina kelajak institutining energetika bo‘yicha eksperti Andrian Prokipning so‘zlariga ko‘ra, energetika tizimi hozirda o‘z ish rejimini o‘zgartirmayapti. Binobarin, iste’molchilarga elektr energiyasi xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

    “Bizning energetika tizimimiz uchun, albatta, GESning shikastlanishi quvvatni yo‘qotishdir, lekin bu tizimga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki stansiya endi elektr energiyasi ishlab chiqarmaydi. Iste‘mol darajasining pasayishi hisobga olinsa, energiya tizimiga ta’sir darajasi minimaldir. Asosiysi, bu hududni suv bosishi bilan bog‘liq gumanitar, ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlardir”, — dedi u.

    Kaxovka GES portlatilishi

    6-iyun kuni Xerson viloyatining Rossiya tomonidan vaqtincha bosib olingan qismida Kaxovka GESning to‘g‘oni portlatildi. Suv Dneprning quyi oqimiga nazoratsiz ravishda oqizilgan. Ukraina va Rossiya bir-birini GESni vayron qilishda aybladi. Suv toshqinlari xavfi ostida qolgan hududlardan aholi evakuatsiya qilinmoqda.

    Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, stansiyaning vayron bo‘lishi oqibatida 80 ga yaqin shahar va qishloqlar “suv ostida” qolgan, ularda Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan oldin kamida 100 ming kishi yashagan. Qrim va Zaporojye atom elektr stansiyasiga suv tanqisligi tahdid solayotgani aytilmoqda.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Mavzuga doir

    Kaxovka GESning vayron bo‘lishi oqibatida hayvonot bog‘ini suv bosdi. Unda 260 ta jonivor bor edi (video)

    6 iyun, 16:19

    Ukraina Kaxovka GESini portlatgan bo‘lishi mumkinmi? Tahlilchi javob berdi 

    6 iyun, 16:55

    “Putin xabardor”: Peskov Kaxovka GESi portlashiga munosabat bildirdi

    6 iyun, 17:08

    “Haqiqiy ekotsid!” — Zelenskiy Kaxovka GESi portlatilganiga munosabat bildirdi (video)

    6 iyun, 18:18
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda yana 10 nafar shaxs juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda ayblanib ushlandi

    Kecha, 23:25

    Hokim tadbirkorni qamatishga topshiriq berganmidi? Termiz shahri hokimi javob berdi

    Kecha, 23:20

    Andijondagi zapravkalarda gaz yetkazib berish vaqti chegaralandi

    Kecha, 23:15

    Tuya mingan Santa Klaus, ovqatga navbat talashayotganlar, “jang qilayotgan” tarix ishqibozlari — 4-dekabr suratlari

    Kecha, 23:05

    OCHL. “Navbahor” “Mumbay Siti”ga qarshi o‘yinda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi, “Nasaf” esa “As-Sadd” bilan durang o‘ynadi

    Kecha, 23:01

    O‘zbekistonda 1-bosqich talabalariga kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

    Kecha, 23:00

    Rasman: Oston O‘runov “Navbahor”ni tark etdi

    Kecha, 22:30

    Farg‘onada “Baxti Tashkentskiy”ga yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan Doston Xalilov ushlandi

    Kecha, 22:12

    Instagram: So‘g‘diyona Azimova turmushga chiqdi, Abdulla Qurbonov nevarali bo‘ldi, Bonamur 60 ming dollarlik mashina oldi

    Kecha, 21:56

    Qirg‘izistonga energetik ichimliklar olib kirish va sotish taqiqlanadi

    Kecha, 21:35

    Tavsiya etamiz

    Hokim tadbirkorni qamatishga topshiriq berganmidi? Termiz shahri hokimi javob berdi

    23:00 / 04.12.2023

    Tuya mingan Santa Klaus, ovqatga navbat talashayotganlar, “jang qilayotgan” tarix ishqibozlari — 4-dekabr suratlari

    23:00 / 04.12.2023

    “Salimboy” qamoqqa olingani aytilmoqda. “Daryo” IIV mas’uli bilan bog‘landi

    11:00 / 04.12.2023

    Qatl qilingan ukrainalik askar, qayta boshlangan hujum, ozod qilingan garovdagilar — hafta suratlari

    23:00 / 02.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.