Buxoro viloyati Romitan tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida hududda joylashgan 5 ta arxeologiya yodgorligiga turli sabablarga ko‘ra jami 291,4 milliard so‘mlik jiddiy shikast yetkazilganligi aniqlandi.
Xususan, noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilganligi sababli, o‘rta asrlarga oid “Tepa-9” 269,6 milliard so‘mlik, “Qalai Mullabektepa” 19,7 milliard so‘mlik, “Amirtepa” 1,1 milliard so‘mlik, “Xo‘ja Haqqitepa” 832 million so‘mlik va “Tepa-5” arxeologik yodgorliklariga 202 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bosh prokuratura axborot xizmatiga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)