Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu maskan 2019-yilda xorijiy kompaniyaga ijaraga berilgan edi. O‘tgan vaqtda 12 million dollarlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, sharoitlar yaxshilandi. 43 ta yangi attraksion o‘rnatilib, uch yuzdan ziyod ish o‘rni yaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ilgari bog‘ga kuniga 30 ming atrofida mehmon kelgan bo‘lsa, rekonstruksiyadan so‘ng o‘rtacha 60 ming kishi tashrif buyurmoqda. Davlat rahbari bog‘ bo‘ylab yurib, odamlar bilan suhbatlashdi. Bolalarga mehr ko‘rsatib, ezgu tilaklar bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)