Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha 2023-yilgi Jahon chempionatining 8-kungi bahslari 8-may, dushanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-48 kg vazn toifasida Shodiyor Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi raundda qozog‘istonlik bokschi ustunlik qildi va raundni o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi raundni ham Sanjar nazorat qildi. Uchinchi raunddan so‘ng Tashkenbay 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Avvalroq Meliqo‘ziyev nepallik Rabin Tapaga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida zafar quchgandi.
Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston tarkibida Nodirjon Mirzaahmedov ishtirok etishi kutilgandi. Biroq musobaqa arafasida murabbiylar qaroriga ko‘ra, Meliqo‘ziyev uning o‘rnini egallagandi.
8-may kungi janglarda Oybek Jo‘rayev (-54 kg) va Lazizbek Mullajonov (-92 kg) o‘z janglarini o‘tkazib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kechki dasturdan Mujibillo Tursunov (-60 kg) va Shohjahon Abdullayevlarning (-86 kg) janglari o‘rin olgan.
Izoh (0)