Fransiya poytaxti Parij shahrida 23-aprel kuni “O‘zbekistonlik. Generating ideas” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo.uz” muxbiri xabar berdi.
Xalqaro forum doirasida “O‘zbekistonlik” filmining uchinchi epizodi premyerasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, tadbirda Aral Dream tashkilotining Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi bilan hamkorlikdagi yangi loyihalari taqdimoti va xorijdagi vatandoshlarimiz hamda media rezidentlar ishtirokida quyidagi mavzular:
- Inson kapitali;
- Ilg‘or texnologiyalar;
- Kreativ sohalar va mamlakat imidji;
- Yashil iqtisodiyot va Orolbo‘yi muammolari bo‘yicha muhokamalar paneli bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro forum O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari Oriyent Group, Uzbekistan Airways, Pepsi, Anorbank va Ucell, shuningdek, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida o‘tkaziladi.
Izoh (0)