Universal studiyasi “Forsaj-10” kinokartinasining rasmiy treylerini e’lon qildi. Loyiha premyerasi 17-mayga rejalashtirilgan.
Franshizaning yangi qismida Toretto va uning sheriklari o‘ldirilgan narkobaronning o‘g‘li Dante (Jeyson Momoa ijro etgan qahramon) bilan yana bir kuchli raqibga duch keladi. Filmda bosh rollarni Mishel Rodriges, Tayriz Gibson, Jordana Bryuster, Bri Larson, Sharliz Teron, Jon Sena, Helen Mirren va boshqalar ijro etgan.
Loyihaga Lui Leterye (“Aldash illyuziyasi” loyihasi muallifi) rejissorlik qilgan. U, shuningdek, “Forsaj-11” filmini ham suratga oladi. Filmning budjeti 340 million dollarni tashkil etdi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, filmning bu qismi “Forsaj” kinokartinalari orasidagi eng qimmat qismi bo‘ladi. Filmning barcha qismlari 2001-yildan buyon 6,6 milliard dollar mablag‘ yig‘gan. “Forsaj” filmining so‘nggi, ya’ni 11-kinokartinasi 2024-yilda katta ekranlarga chiqadi.
Izoh (0)