• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Yubka kiygan rotveyler” — bir paytlar britaniyaliklarning birinchi raqamli dushmani bo‘lgan Kamilla Parker-Boulz haqida nimalarni bilamiz?

    Odatda Britaniya konsort qirolichasini sevishdan ko‘ra nafratlanish ehtimoli ko‘proq. Hech bo‘lmaganda britaniyaliklar shunday qilishadi, uni Charlz va Dianani ajralishda va hatto Ledi Dining o‘limida ayblashadi. Siz ham shu fikrda bo‘lsangiz, quyidagi maqola Kamillani biroz boshqa rakursda ko‘rishga yordam beradi.

    Kelib chiqishi

    4 yoshli Kamilla va 3 yoshli Annabel Shand, 1952-yil
    Foto: Getty Images

    Kamilla Rozmari Shand 1947-yilda zodagonlar oilasida tug‘ilgan (va hatto ularda ba'zan Kamilla va uning birinchi turmushidan bo‘lgan qizi Laura tomonidan kiyiladigan oilaviy tiara ham bor). Kamillaning otasi Britaniya armiyasining mayori, onasi esa Sassekslik baronning qizi edi. Shunday qilib, Kamilla Charlzning “oddiy oiladan” bo‘lgani uchun uning xotini bo‘la olmagan degan so‘zlar afsona.

    Kamilla 1970-yillarda Charlz bilan turmush qurishi mumkin edi, ammo bunday bo‘lmaydi

    Charlz va Kamilla, 1972-yil
    Foto: Getty Images

    Kamilla Shand va bo‘lajak qirol Charlz III 1970-yilda 23 yoshida tanishgan. O‘sha paytda ularni Chili elchisi Lusiya Santa Kruzning qizi Charlzning qiz do‘sti tanishtirgan. Ko‘p o‘tmay Charlz va Lyusiya ajrashgach, u va Kamilla o‘rtasida ishqiy munosabatlar boshlandi. Biroq Yelizaveta II o‘g‘lining tanlovini ma’qullamadi va uning hayotini Kamilla bilan bog‘lashini istamadi. Bunga bir nechta sabablar bor edi: birinchidan, qizning kelib chiqishi edi, bo‘lajak qirolicha uchun bu yetarli emasdi; ikkinchidan, Kamilla avval ham turmush qurgandi, bu qirol oilasi uchun an’analarning ochiqdan ochiq buzilishi (monarxning bo‘lajak rafiqasi nikohdan oldin bokira bo‘lishi kerak); uchinchidan, Kamillaning buvisi Charlzning katta bobosi qirol Edvard VII ning ma’shuqasi edi.

    Barcha ayollar Kamilladan nafratlanishardi

    Kamilla Parker-Boulz, 1976 yil
    Foto: Getty Images

    Avval aytganimizdek, Kamilla oddiy oiladan emasdi — u qirollik saroyi muhitining bir qismi edi. Biroq bo‘lajak konsort malikaning dugonlari yo‘q edi va haqiqatan ham ayollar uni noto‘g‘ri xatti-harakatlari uchun qoralab, orqasidan g‘iybat qilishardi. Gap shundaki, Kamilla ichar va chekar, baland ovozda kulishni va hazil qilishni yaxshi ko‘rardi, shuningdek, erkak muxlislari ham anchagina edi. Ehtimol, shuning uchun ham qirolicha Kamillani kelinlikka munosib ko‘magan.

    Kamilla avval ham turmushga chiqqan edi

    Kamilla va Charlz 1973-yilda qirolicha Yelizaveta II o‘g‘lini harbiy xizmatga jo‘natgani uchun Charlz bir yilga ketishga majbur bo‘lganida ajralishdi. Bu vaqt ichida Kamillaning sobiq yigiti Endryu Parker-Boulz paydo bo‘ldi, u bilan 17 yoshida tanishgandi (ular Kamilla Charlz bilan uchrashgunga qadar besh yil uchrashishgan). U tez orada Kamillaga turmush qurishni taklif qildi va ular 1973-yilda turmush qurishdi. Bu nikohdan ikki farzand dunyoga keldi — Tom va Laura, Charlz esa o‘g‘lining cho‘qintirgan otasi bo‘ldi. Ushbu nikoh ham Charlz va Diananing turmushidek baxtli bo‘lmadi: Endryu Parker-Boulz xotiniga deyarli ostonadayoq xiyonat qila boshladi (odatda u Kamillaning o‘zi bilgan dugonalarini tanlardi). Ularning nikohi 1995-yilda, Charlz va Diananing rasmiy ajrashishidan bir yil oldin buzildi.

    Kamilla Shand va Endryu Parker-Boulz, 1973 yil
    Foto: Getty Images

    Kamilla Charlzning yagona chin do‘sti bo‘lgan

    Sir emaski, Charlz ham Diana Spenserga uylanishni xohlamagan, ammo buni qirollik oilasining siyosati — Spenser va Vindzor klanlarini birlashtirish talab qilgan. Yaqinlarining xotiralariga ko‘ra, Diana yosh bo‘lgani uchun (u eridan 13 yosh kichik edi) ko‘pincha o‘z his-tuyg‘ularini tiya olmasdi, bu baqir-chaqir va boshqa nazoratsiz asabiy holatlarga olib keldi. Charlz qanday munosabatda bo‘lishni va bo‘lajak rafiqasi bilan munosabatlarni qanday yaxshilashni tushunmasdi, shuning uchun u tez-tez Kamilladan maslahat so‘rardi. Kamilla ham o‘z navbatida sobiq yigitning xotini bilan do‘stlashishga harakat qildi. Umuman olganda, yaqinlarining xotiralariga ko‘ra, Kamilla har doim Charlz tomonida bo‘lgan va uni hamma narsada — hazil tuyg‘usi va bog‘dorchilikka bo‘lgan muhabbatdan tortib shaxsiy tajriba va hissiyotlargacha qo‘llab-quvvatlagan deyarli yagona odam edi — ular nikohda ham bu do‘stlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.

    Charlz va Kamilla, 1979 yil
    Foto: Getty Images

    Charlz to‘yidan oldin Kamillaga sovg‘a yuborgan

    1981-yilda to‘yidan bir necha kun oldin Charlz barcha sobiq qiz do‘stlariga sovg‘a berishga qaror qiladi — Kamillaga GF harflari o‘yilgan oltin bilaguzuk yuboradi. Charlzning so‘zlariga ko‘ra, bu “Good friend” — “Yaxshi do‘st” degan ma'noni anglatadi, ammo Diana bu haqda bilib qolgach, janjal chiqardi, chunki u qisqartma Gledis va Fred (Kamilla va Charlzning maxfiy ismlari) degan ma'noni anglatardi). Aytgancha, Kamilla hali ham bu bilaguzukni taqib yuradi.

    Ledi Diana Spenser va Kamilla Parker-Boulz, 1980 yil
    Foto: Getty Images

    Kamilla “yubka kiygan rotveyler” laqabini oladi

    Charlz va Kamilla Londonda, 1975 yil
    Foto: Getty Images

    Kamilla 1995-yilda malika Diananing BBCga bergan shov-shuvli intervyusidan keyin “yubka kiygan rottveyler” sifatida tanildi. “Bu nikohda har doim uch kishi bo‘lganmiz, bilasizmi, bu bir oilaga ko‘plik qiladi”, — degandi Ledi Di. Ushbu intervyuni 23 milliondan ortiq odam tomosha qildi va Spenserning odamlarga ta’siri juda katta edi, uning baxtsiz nikohi haqidagi so‘zlariga hech kim ishonmay qolmasdi. Biroq o‘sha intervyudan keyin Dianani “soxta malika” deb ataganlar, o‘sha janjallarni (shuningdek, eriga ayg‘oqchilik qilish va uni manipulyatsiya qilishga urinishlar) esga olishdi. Shunga qaramay, o‘sha paytdan boshlab Kamilla Britaniya xalqi uchun birinchi raqamli dushmanga aylandi.

    Kamilla aslida Uels malikasi unvoniga ega (bo‘lgan)

    Charlz va Kamilla farzandlari bilan, 2005 yil
    Foto: Getty Images

    Ha, Kamilla 2005-yilda Charlzning rasmiy rafiqasi bo‘lganidan so‘ng Uels malikasi unvonini oldi. Biroq barcha hujjatlarda, murojaatlarda va boshqa narsalarda u Kornuol gersoginyasi sifatida tilga olinadi. Bu uning malika Diana bilan aloqada bo‘lmaslik haqidagi shaxsiy iltimosi edi (go‘yo bu unga nisbatan salbiylikni kamaytiradi).

    Garri Kamillani sevishini tan oladi

    Kamilla o‘tgan yillar davomida britaniyaliklar tomonidan qanchalik salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirganini aytishga hojat yo‘q. Va, albatta, 2005-yilda Charlzga turmushga chiqqanda juda kam odam xursand bo‘ldi. Ko‘pchilik 1992-yildan beri Charlz bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlaridan xabardor bo‘lganidan so‘ng, Kamilla atrofida nafrat hissi paydo bo‘ldi. Atrofdagilar uni Uels shahzodasi va malikasi o‘rtasidagi ajralishda ayblay boshladilar. O‘shandan beri Kamillaning yoqimsiz qiyofasi ko‘pchilikning qalbida mustahkam o‘rnashib qoladi, ammo Bukingem saroyi xizmatchilarining fikriga ko‘ra, aslida Kamilla malika Dianaga qaraganda ancha insonparvarroq bo‘lgan.

    Kamilla Parker-Boulz, 2017 yil
    Foto: Getty Images

    2005-yilda Garri Kamillani sevishini tan oldi va uni “baxtli qiladigan ajoyib ayol” deb atadi, shuningdek, u va Uilyamga qilgan barcha ishlari uchun minnatdorlik bildirdi. Bu so‘zlardan so‘ng yovuz o‘gay ona qiyofasi ancha chekindi va Britaniya xalqi bo‘lajak qirolning sevgilisiga nisbatan bag‘rikengroq bo‘ldi. Aytgancha, Garri va Uilyam haqiqatan ham o‘gay onasi bilan ochiqchasiga janjallashmagan, lekin Kamillaning birinchi turmushidan bo‘lgan qizi Laura qirollik oilasidan tom ma'noda nafratlangan va onasining Charlz bilan munosabatini tan olmaydi. Gap shundaki, ularning romantikasi matbuotda e'lon qilinganida, qiz hali o‘rta maktabda o‘qiyotgan edi va uning sinfdoshlari sodir bo‘layotgan voqealar tufayli uni tez-tez masxara qilishardi — ular hatto bu gazetalarni maktabga olib kelib, sarlavhalarni ovoz chiqarib o‘qishardi).

    Kamillaning nikoh uzugi ona qirolichaga tegishli edi

    Bo‘lajak qirol 2005-yil fevral oyida Kamillaga turmush qurishni taklif qildi va besh karatli olmos uzuk sovg‘a qildi. Ilgari uni Charlzning buvisi — konsort qirolicha Yelizaveta taqqan. Kamillaning qirollik marosimlarida kiyadigan sevimli Greville tiarasi ham bor.

    Kamilla va Charlz — ruhan bir-biriga yaqin insonlar

    Ularni doimo umumiy manfaatlar birlashtirgan. Misol uchun, konsort malika otlarni, bog‘dorchilikni va ochiq havoda dam olishni yaxshi ko‘radi. Xuddi Charlz kabi (u bir necha yillardan beri o‘z mulkida bog‘larni loyihalashtirib, yaratib kelmoqda va imkon qadar bu bog‘ga o‘zi g‘amxo‘rlik qilishni yaxshi ko‘radi). Kamilla eri bilan tabiatda va bog‘da butun bir kunni o‘tkazishi mumkin — Diana esa hech ham bunday qilmagan. Kamilla ham itlarni yoqtiradi, u va Charlzning ikkita Jek Rassell Teriyer, Bet va Blyubell laqabli itlari bor. Bundan tashqari, u hayvonlarga yordam berishga qaratilgan ikkita xayriya jamg‘armasi — Battersea Dogs Cats Home (it va mushuklar uchun boshpana) va itlardagi onkologiya bilan shug‘ullanadigan Medical Detection Dogs’ni boshqaradi.

    Charlz va Kamilla, 2015 yil
    Foto: Getty Images

    Ammo Kamillaning sevimli mashg‘ulotlari shu bilan tugamaydi. Qirolicha turmush o‘rtog‘i Charlz kabi teleseriallarni yaxshi ko‘radi. U Daniya shousi “Qotillik”ning ashaddiy muxlisi, u hatto bir marta suratga olish maydonchasiga ham kelgan, u yerda unga bosh qahramonning sviteri sovg‘a qilingan. Kamilla adabiyotni ham yaxshi ko‘radi va o‘tgan yili o‘zining “Kornuoll gersogining o‘qish zali” nomli kitobxonlik klubini ochdi, bu har kim qo‘shilishi mumkin bo‘lgan onlayn hamjamiyatdir. U yerda Kamilla yangi kitoblari, sevimli asarlari bilan o‘rtoqlashadi, shuningdek, yozuvchilar bilan suhbatlar o‘tkazadi va boshqalarga hamfikrlarni topishga yordam beradi. Bir vaqtlar Charlz malika Dianani o‘qishga va keyin o‘qiganlarini qayta aytib berishga majbur qilgandi — Ledi Di maktabda yaxshi o‘qimagan va adabiyotni jini suymagan, Charlz esa mutolaani yaxshi ko‘rardi.

    15.04.2023, 09:35   Izoh (0)   8953
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Milliarder xonimlar: Forbes-2023 ro‘yxatidan o‘rin olgan dunyodagi eng boy ayollar va ularning muvaffaqiyat sirlari

    14.04.2023, 14:50

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Muqaddas Xoliqova, Nilufar Usmonovaga atalgan syurpriz, AQShga bora olmaydigan “Million” 

    14.04.2023, 22:54

    “Farhod egizagimdek edi”. Shirin duetni tarqatish fikri qanday paydo bo‘lgani hamda keyingi ijodi haqida (video) 

    14.04.2023, 15:35

    Video: Gollivud yulduzi Arnold Shvarsenegger mahallasidagi “yama”ni o‘z hisobidan ta’mirladi 

    13.04.2023, 19:45

    “Bir obrazda qolib ketishni istamadim”. Nodirbek Hayitov Lo‘li taxallusidan voz kechgani sababi haqida (video)

    13.04.2023, 17:45

    Xonanda Shakira o‘g‘illarini ta’qib qilayotgan jurnalistlardan shikoyat qildi

    13.04.2023, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.