Qirg‘iziston respublikasining Pervomayskiy tuman sudi Bishkek markazida mitinglar o‘tkazishni taqiqlash muddatini uzaytirdi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi.
Sud mahalliy ma’muriyatning tinch yig‘ilishlar uchun joylarni cheklash haqidagi qarorini qonuniy deb topdi. Qarorga ko‘ra, Bishkekning Ala-Too maydonida, Erkindik bulvarida, Jo‘qorg‘i Kenesh va prezident maʼmuriyati, Oliy sud, Rossiya elchixonasi, davlat binolari yaqinida, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, shuningdek, Ivan Panfilov nomidagi istirohat bog‘i va Tattibyubyu Tursunboyeva nomidagi maydon hududida aksiyalar o‘tkazish taqiqlandi.
Taqiq 30-iyungacha amal qiladi, tinch yig‘ilishlarga faqat Maksim Gorkiy maydonida ruxsat beriladi.
Mitinglar o‘tkazishni taqiqlash davlat va munitsipal rasmiy tadbirlarga taalluqli emas.
Maksim Gorkiy nomidagi maydonda norozilik bildirish mumkin.
Shahar markazida ommaviy namoyishlar o‘tkazishni taqiqlash Qirg‘iziston poytaxti meriyasi tomonidan tartibsizliklar oldini olish maqsadida kiritilgan edi. Poytaxtning Pervomayskiy sudi bu qarorni qonuniy deb tan olgan. Shundan beri taqiqlar vaqti-vaqti bilan uzaytirilib kelmoqda.
Izoh (0)