Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari Umid Jumagaldiyev 17-mart kuni vafot etgandi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Foto: Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati

Aniqlanishicha, shu kuni soat 01:30 da Nexia-3 xizmat mashinasida Urganch—Gurlan avtomobil yo‘lida harakatlanayotganda yuk mashinasiga urilgan, shundan so‘ng mashina yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Hodisa oqibatida Umid Jumagaldiyev tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan sud-tibbiy, sud-avtotexnika va sud-trasologik ekspertizalari tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi