O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Siddiqov O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi etib tasdiqlandi.
Senat 3-mart kuni O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi lavozimiga tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Furqat Siddiqov nomzodini ma’qulladi.
Furqat Siddiqov 1971-yil 7-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini UzDaewoo Electronics qo‘shma korxonasi katta mutaxassisi sifatida boshlagan.
2015—2020-yillarda O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi, 2020—2022-yillarda tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2022-yilning 14-noyabridan beri tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
2017-yildan beri O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida Javlon Vahobov ishlab kelayotgandi.