“Aeroflot” aviakompaniyasining Dehli—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha AFL233 reysi samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi, deb xabar beradi Uzbekistan Airways.
Qo‘nishga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. Ekipaj yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qilgan.
Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning mayida Rossiya “Azimut” aviakompaniyasining 7-may kuni Moskvadan Buxoroga uchgan А49063 reysi texnik sabablarga ko‘ra “Vnukovo” aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgandi.