Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze AQSHga borishdan bosh tortdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Kobaxidze tashrifni rad etishiga AQSH Gruziyadan xorijiy agentlar haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni to‘xtatib turishni talab qilayotgani sabab bo‘ldi. Vashington 2-may kuni Gruziya hukumatining yuqori martabali vakillarini mamlakatga tashrif buyurishga taklif qildi. Biroq rad javobini oldi.
Tashrifni shartlar asosida o‘tkazish o‘zaro hurmat va ishonchga asoslanishi kerak bo‘lgan hamkorlik ruhiga to‘g‘ri kelmaydi, — deyiladi Gruziya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
1-may kuni “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Gruziya parlamenti tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Yig‘ilish vaqtida parlament yaqinida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi, politsiya namoyishchilarni suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatdi. AQSH elchixonasi qonun loyihasiga qarshi chiqqanlarni qo‘llab-quvvatladi.
Izoh (0)