“PSJ” futbolchilari Serxio Ramos va Kilian Mbappe Liga 1 20-turi doirasida kechgan “Monpelye”ga qarshi o‘yinda (3:1) jarohat oldi.
Har ikki futbolchi uchrashuvning birinchi bo‘limida zaxiraga olingan. Xabar qilinishicha, Ramos son mushaklaridan jarohat olgan. Jarohatning qay darajada jiddiy ekani noma’lum.
Mbappe esa tizzasini shikastlab olgan. Canal+ translyatsiyasida fransiyalik futbolchi tibbiyot xodimlariga tizzasini ko‘rsatib “qattiq og‘riyapti” degani ma’lum bo‘lgan.
Himoyachi va forvardning tiklanish muddatlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan keyin ma’lum bo‘ladi.
Parijliklar Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi “Bavariya”ga qarshi dastlabki o‘yinni 14-fevralda o‘tkazadi.