Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining yarim finalida “Manchester Yunayted” 1-fevral, chorshanba kuni “Nottingem Forest”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Biroq ikkinchi bo‘limda mankunianliklar 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab 73-daqiqada Antoni Marsyal gol urgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib, Fred hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi yarim finalning birinchi o‘yinida “qizil iblislar” 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Shu tariqa Erik ten Hag shogirdlari umumiy 5:0 hisobida zafar quchib, finalga yo‘l oldi. 

Angliya Liga Kubogi

1/2 final

1-fevvar, chorshanba

“Manchester Yunayted” — “Nottingem Forest” 2:0

Golilar: 1:0 – 73 Marsyal', 2:0 – 76 Fred.

“Manchester Yunayted”: Hiton, Uan-Bissaka, Varan (Maguayr, 80), Martines, Shou, Kazemiro (Lindelef, 80), Fred, Brunu Fernandesh, Vegorst (Marsyal, 63), Antoni (Sancho, 63), Garnacho (Reshford, 62).

“Nottingem Forest”: Hennessi, Uilyams, Boli, Makkenna, Lodi (Ore, 65), Froyler (Danilo, 64), Skarpa (Hemmond, 86), Mangalya, Serrij (Osong, 86), Dennis, Jonson (Mayten, 64).

Ogohlantirishlar: Fred (34), Serrij (45), Kazemiro (68).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi
Sport
Muhammad Alining suv ostida tushgan mashhur surati tarixi: bokschi suzishni bilmasa ham basseynga tushgan
Mahalliy
“1845 ta attraksionning atigi 5-6 foizi nazoratdan o‘tgan, qolganining texnik holati nomaʼlum”. Istirohat bog‘laridagi attraksionlar haqida maʼlumot berildi