Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan o‘yinda “PSJ” 1-fevral, chorshanba kuni “Monpelye” bilan bahs olib bordi. 

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 55-daqiqasida Fabian Ruis hisobni ochdi. 72-daqiqada Lionel Messi parijliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 89-daqiqada Arnaud Nordin hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Biroq, hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Zair-Emeri “PSJ”ning uchinchi golini urdi. Shu tariqa Kristof Galte shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“PSJ” ochkolari sonini 51 taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamladi.

Liga 1

21-tur bahsi

1-fevral, chorshanba

“Monpelye” – “PSJ” 1:3

Gollar: 0:1 – 55 Fabian Ruis, 0:2 – 72 Messi, 1:2 – 89 Norden, 1:3 – 90 Zair-Emeri.

“Monpelye”: Lekomt, Sako (Tshato, 85), Jyulen, Kuyate, Estev, Mauassa (Fayyad, 83), Savane, Shotar (Norden, 83), Lerua (Ferri, 63), Jermen (Faye, 62), Mavididi.

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Ramos (Sanshesh, 32), Markinyos, Mendesh (Bernat, 70), Danilu Pereyra, Fabian Ruis, Soler, Vitinya (Zair-Emeri, 70), Messi, Mbappe (Ekitik, 21).

Ogohlantirishlar: Jyulen (7), Danilu Pereyra (11).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi