Italiya Kubogi. “Roma” o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi
Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/4 finalida “Roma” 1-fevral, chorshanba kuni “Kremoneze”ni mehmon qildi.

O‘yinda “Kremoneze” 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Dessers penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 49-daqiqada Zeki Chelik o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 90+4-daqiqada Andrea Belotti gol urib, hisobni qisqartirdi. Biroq bu gol rimliklarga keyingi bosqichga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi.
Shu tariqa Joze Mourinyo jamoasi chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Italiya Kubogi
1/4 final bahsi
1-fevvar, chorshanba
“Roma” – “Kremoneze” 1:2
Gollar: 0:1 – 28 Dessers (penalti), 0:2 – 49 Chelik (avtogol), 1:2 – 90 Belotti.
“Roma”: Ruy Patrisiu, Chelik, Manchini (Smolling, 46), Kumbula (Matich, 46), Rojer, Kristante (Zalevski, 46), Pellegrini, Volpato (Dibala, 46), Belotti, Taxirovich (Abraham, 57), ash-Shaaravi.
“Kremoneze”: Sarr, Byanketti, Ferrari, Ayvu, Gilone, Meyte, Kastanetti (Galdames, 83), Pikel (Benassi, 64), Dessers (Okereke, 46), Tsaju (Chiofani, 67), Afena-Gyan (Valeri, 46).
Ogohlantirishlar: Ruy Patrisiu (26), Dessers (28), Manchini (29), Ayvu (60), Ferrari (62), Sarr (81).