Angliya Liga Kubogining yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.
“Manchester Yunayted” javob bahsida ham “Nottingem Forest”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0). Ular o‘rtasidagi dastlabki bahsda mankunianlar 3:0 hisobida zafar quchgandi.
Ikkinchi yarim finalda “Nyukasl” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Sauthempton”dan ustun keldi (1:0, 2:1) va 47 yil deganda ilk bor Liga Kubogi finaliga chiqdi.
“Manchester Yunayted” va “Nyukasl” jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 26-fevral kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.