Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi (IFFHS) XXI asrda milliy chempionatlarda eng ko'p gol kiritgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 498 ta gol bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Lionel Messi 487 ta gol bilan ikkinchi pog‘onani band etgan. “Milan” va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 392 ta gol bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Ro‘yxatdan o‘zbekistonlik futbolchilar ham o‘rin olgan. Anvar Berdiyev 225 ta gol bilan (XX asrda 61, XXI asrda 164) 96-o‘rinni va Zafar Xolmurodov 200 ta goli bilan (49, 151) 107-o‘rinlarni egallagan.

Statistikani tuzishda XX asrdagi gollar ham ko‘rsatib o‘tilgan, lekin futbolchilar egallagan o‘rinlar faqatgina XXI asrda urilgan gollar soni bo‘yicha taqsimlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Matiz harakatsiz turgan Lada bilan to‘qnashdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda 4-iyun kuni havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi