Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O‘zbekiston bilan “yashil” vodorod zavodi va ammiak tajriba inshootini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Renewables Now xabar bermoqda.

Foto: Renewables Now

Foto: Renewables Now

Ar-Riyodda joylashgan kompaniya mamlakat Energetika vazirligi va “O‘zkimyosanoat” davlat kimyo kompaniyasi bilan shartlar bo‘yicha shartnomalar imzoladi.

Shartlarga ko‘ra, ACWA Power 2024-yil oxiridan boshlab Chirchiq shahrida yiliga 3 000 tonna “yashil” vodorod ishlab chiqaradigan zavod quradi. Vodorod inshooti tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish uchun hududdagi mavjud ammiak zavodiga ulanadi.

Ikkinchi loyiha doirasida ACWA Power 500 ming tonna “yashil” ammiak ishlab chiqarish quvvatiga ega inshootni rivojlantirish uchun texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini olib boradi.

Bu O‘zbekistonning tabiiy gaz iste’molini yiliga 600 million kub metrga qisqartiradi. Tadqiqot 2024-yil oxirigacha yakunlanishi kerak.

Oxirgi bitimlarga ACWA Power 2022-yil avgust oyida O‘zbekiston hukumati bilan imzolagan umumiy sarmoyasi 12 milliard dollar bo‘lgan uchta yirik energiya kelishuvi ortidan erishildi.

Mavzuga doir: Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda 5 ta elektr stansiyasi quradi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Malika Diananing ko‘ylagi Sotheby’s auksionida rekord narxga sotildi
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Dunyo
Pokistonda masjiddagi portlash qurbonlari soni qariyb 60 kishiga yetdi (foto)