Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi eronlik sportchi Sara Xademning Olmaotada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida ta’qibga uchragani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Kollaj: “Daryo”

Kollaj: “Daryo”

“Muayyan xavflar mavjud edi. Turnir direktori sifatida hamkasblarni yig‘ib, vaziyatni ko‘rib chiqishimga to‘g‘ri keldi. Noma’lum shaxslardan qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi, jumladan, federatsiya xodimlari nomiga ham. Ular ishtirokchining yashash joyi, yo‘nalishi va boshqa ma’lumotlarni bilishga urindi”, – dedi federatsiya birinchi vitse-prezidenti Darmen Sadvakasov.

U vaziyat keskinlashishi mumkinligi sababli shaxmatchi xavfsizligini ta’minlash iltimosi bilan Olmaota hokimligiga murojaat qilinganini aytdi. Qizni qo‘riqlash uchun xavfsizlik xodimlari ham bo‘lgan.

“Biz uning mamlakatdan xavfsiz chiqib ketishini ta’minladik: u o‘z vataniga emas, balki Ispaniyaga uchib ketdi va hozirda qaytishni rejalashtirmayapti”, — dedi shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti.

Xadem Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan tezkor shaxmat va blits bo‘yicha jahon chempionatida hijobsiz qatnashgan. Bu Eronning ayollar dress-kodi bo‘yicha qonunlariga ziddir. Holat yuzasidan Eron shaxmat federatsiyasi qizdan yuz o‘girganini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan