So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Eron Qrim va Donbassning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmadi

    19 yanvar, 21:22 13595

    Eron Qrim va Ukrainaning to‘rt sharqiy hududi Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmaydi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyonning TRT World’ga bergan intervyusiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Abdullohiyonning ta’kidlashicha, Moskva bilan “a’lo” munosabatlarga qaramay, Eron Qrim yarimorolining anneksiya qilinishini va bosib olingan to‘rtta hududning Rossiyaga tarkibiga kiritilishini tan olmaydi. Eronlik diplomat Tehron xalqaro qonunlar doirasida davlatlarning hududiy yaxlitligini tan olishi va shu sababli Ukraina hududlari Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmasligini bildirdi.

    “Biz xalqaro qonunlar doirasida davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olamiz, shuning uchun Tehron va Moskva o‘rtasidagi a’lo darajadagi munosabatlarga qaramay, Qrim, Lugansk va Donetsk viloyatlarining Ukrainadan ajratilishini tan olmadik”, — deydi Abdullohiyon.

    Shu bilan birga, TIV rahbari Eron Rossiya-Ukraina urushiga qarshi ekanini ta’kidlab, mojaro tezroq yakunlanishiga umid bildirgan. “Biz Ukrainadagi mojaro yechim emas deb, tashqi siyosatdagi izchil tamoyilimizni yana bir bor ta’kidlaymiz”, — degan diplomat.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron o‘z pozitsiyasiga sodiq va asosiy tashqi siyosat tamoyili sifatida unga tayanadi.

    Bir kun avval, 18-yanvar kuni Moskvaning yana bir an’anaviy “ittifoqchisi” Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqandi.

    “Biz boshidanoq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlashga haqqimiz yo‘qligini aytdik. Biz uchun Qrim va Donbass — Ukraina va u doimo shunday bo‘lib qoladi”, — degan edi u.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urushda Eronda ishlab chiqarilgan Shahed-131 va Shahed-136 dronlaridan foydalanmoqda, Rossiya Qurolli kuchlari ularning nomini “Geran-1” va “Geran-2” deb o‘zgartirib olgan. Rossiya rasmiylari dronlarning Erondan olib kelinishini tan olmayapti.

    Noyabr oyi boshida Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullohiyon Rossiyaga bir qancha dronlar yuborilganini tasdiqlab, bu urush boshlanishidan bir necha oy oldin sodir bo‘lganini aytdi.

    13-dekabr kuni Eron mudofaa vaziri Muhammad-Rizo Ashtianiy Kiyev urush paytida Eron qurollaridan foydalanilayotgani haqida birorta dalil keltirmaganini da’vo qildi. Vazirning aytishicha, Ukraina va Eron harbiylari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan, unda Ukraina tomoni Eronning Rossiyaga dronlar yetkazib berayotgani, ulardan Ukraina shaharlariga hujumda foydalanilayotganini tasdiqlovchi hech qanday hujjat taqdim etmagan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?