Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimini imzoladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, ushbu mamlakatning “Meynxardt Grup” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan Loyihalashtirish va injiniring markazi bilan immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi, umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochilishi belgilandi.

Unga muvofiq, mamlakatda kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonida qo‘llanadigan quyidagi preparatlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:

  • vaksina, anatoksin, probiotik va eubiotiklar;
  • immunoglobulin va immun zardoblari, gen injenerligi yo‘li bilan olingan monoklonal antitanalar;
  • immun korreksiyasi, immun tanqisligi muolajasi va profilaktikasida qo‘llaniladigan immunomodulyatorlar (interleykin, interferon, timus gormonlari, miyelopeptidlar, o‘sma nekrozi omili, o‘sish omillari va boshqalar).
Bundan tashqari, “SiPiJi Interneyshnl” kompaniyasi hamkorligida ochilayotgan O‘zbekiston—Singapur investitsiya korxonasi bilan ildiz hujayralari asosida dori vositalari tayyorlovchi biofarmatsevtika kompleksini tashkil etishga qaratilgan qiymati 100 million dollarlik loyihani ro‘yobga chiqarishga kelishildi.

Ildiz hujayralari o‘z-o‘zidan ko‘payish, mitoz yordamida bo‘linish va maxsus hujayralar hosil qilish, ya’ni turli a’zo va to‘qimalarga aylana olish xususiyatiga ega. Zamonaviy tibbiy amaliyotda ulardan onkologik, xususan, leykoz kabi qator kasalliklarni davolashda foydalaniladi.

Ildiz hujayralari yordamida jarohat yoki degenerativ xastaliklar natijasida o‘zgarishga uchragan to‘qimalarni tiklash mumkin. Shu ma’noda, loyihaning amalga oshirilishi tufayli onkologik kasalliklar muolajasi, ko‘mik to‘qimalari transplantologiyasi hamda markaziy asab tizimi hujayralarini tiklashda qo‘llanadigan biofarmatsevtik vositalar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Rasman: Domeniko Tedesko — Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi 
Mahalliy
O‘zbekistondagi uylar zilzilaga bardoshliligiga kim kafolat beradi? Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi aniqlik kiritdi
Madaniyat
“Professional raqqosa bo‘ladi, deb o‘ylamaganmiz”. Parizodaning onasi uning bolalikdagi kasalligi tufayli raqsga bergani haqida (video)