Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliyaning Deloitte auditorlik kompaniyasi hisobotlariga ko‘ra, dunyoning eng boy 20 ta klubidan 11 tasi APL vakillaridir.

Birinchi o‘rinni 2021/22-yilgi mavsumda 731 million yevro daromad ko‘rgan “Manchester Siti” egallagan. Ikkinchi o‘rindan “Real” (713,8 million yevro), uchinchi o‘rindan “Liverpul” (701,7 million yevro) joy olgan.

Tarixda birinchi bor top-20 talik ro‘yxatning yarmidan ko‘pi APL vakillaridan tashkil topgan. “Liverpul” 27 yillik hisobot tarixida ilk bor “Manchester Yunayted”ni ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Barselona” va “Real” pandemiyadan oldingi daromad ko‘rsatkichlarini qaytara olmayapti. Taqqoslash uchun “Barselona”ning hozirgi daromadi 2018/19-yilgi mavsumga qaraganda 203 million, “Real”ning daromadi esa 43 million yevroga pasaygan.

Top-20 talik quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. “Manchester Siti” (731 mln yevro);

2. “Real” (713,8 mln yevro);

3. “Liverpul” (701,7 mln yevro);

4. “Manchester Yunayted” (688,6 mln yevro);

5. “PSJ” (654,2 mln yevro);

6. “Bavariya” (653,6 mln yevro);

7. “Barselona” (638,2 mln yevro);

8. “Chelsi” (568,3 mln yevro);

9. “Tottenhem” (523 mln yevro);

10. “Arsenal” (433,5 mln yevro);

11. “Yuventus” (400,6 mln yevro);

12. “Atletiko” (393,9 mln yevro);

13. “Borussiya D” (356,9 mln yevro);

14. “Inter” (308,4 mln yevro);

15. “Vest Hem” (301,2 mln yevro);

16. “Milan” (264,9 mln yevro);

17. “Lester” (252,2 mln yevro);

18. “Lids” (223,4 mln yevro);

19. “Everton” (213,7 mln yevro);

20. “Nyukasl” (212,3 mln yevro).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova