O‘zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov “BATE” jamoasini tark etdi.
Umarov 2022-yilning yozidan buyon ijara asosida to‘p surib kelayotgan “Ordabasi” jamoasida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Belorussiya klubi “Ordabasi” bilan futbolchining transferi borasida kelishuvga erishdi.
Ma’lumot uchun, Umarov faoliyatini Toshkentning “Paxtakor” futbol klubida boshlagan. 2018-yilda “OKMK” klubida to‘p surgan. Keyinchalik Belarusning “Energetik-BGU” klubiga o‘tdi va 30 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi. 2020-yilda esa mamlakatning eng nomdor klubi “BATE” bilan shartnoma imzoladi. 2022-yilning yozida esa ijara asosida Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasiga o‘tgan edi.
Izoh (0)