Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti Germaniya Rossiya energiya manbalariga qaramlikni tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlari doirasida ikkinchi suyultirilgan gaz (LNG) terminalini ochdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Kansler Olaf Shols Shimoliy dengizdagi Vilgelmshavenda Germaniyaning birinchi LNG terminalini ochganidan bir oy o‘tmay, Boltiqbo‘yi sohilidagi Lubmin shahrida ikkinchi terminal ochildi.

Kelgusi oylarda yana bir qancha terminallar, jumladan, Lubmin shahridagi yana bir terminal foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Terminallar energiya inqirozining oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlarning bir qismi.

Bu, shuningdek, eski neft va ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalarini vaqtincha qayta ochish va 2022-yil oxirida to‘xtatilishi kerak bo‘lgan oxirgi uchta atom elektr stansiyasining faoliyatini aprel oyining o‘rtalarigacha uzaytirilishini o‘z ichiga oladi.

Fevral oyida Rossiya Ukrainada urush boshlaganidan bir necha kun o‘tib, Shols hukumati LNG terminallarini qurishga qaror qilganini e’lon qilgan.

Mavzuga doir: Germaniya o‘zining birinchi suzuvchi LNG terminalini ishga tushirdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi