Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Londondagi Xalqaro Strategik Tadqiqotlar Instituti (IISS) ekspertlarining fikricha, Ukrainaga o‘zining qarshi hujumini boshlash uchun G‘arbdan 100 ga yaqin tank kerak, deb yozadi The Guardian.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Britaniya harbiy razvedkasining sobiq rahbari Fil Osborn ham ushbu hisob-kitoblarni ma’qullamoqda, ammo hammasi 2023-yil bahorida Kiyevning munosib tayyorgarligi, yaxshi ta’minot va harbiy rejalariga bog‘liq bo‘ladi, deb ta’kidladi gazeta.

Avvalroq Britaniya Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tanklarini va’da qilgandi, Polsha esa Kiyevga yana 14 ta nemis Leopard 2 tankini jo‘natmoqchi, ammo buning uchun Germaniya roziligi kerak. Ayni paytda Ukraina tomoni 300 ta tank va kamida 600 ta jangovar texnika so‘ramoqda.

IISS ma’lumotlariga ko‘ra, NATOning 13 davlati armiyasida hozir 2300 dan ortiq Leopard 2 tanklari bor, kamida 300 tasi omborda, biroq ularning aksariyati ayanchli ahvolda, deya ta’kidlaydi nashr.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi