Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida gaz quvurlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyati oshirilishi va ob-havo sharoitining yaxshilanishi munosabati bilan gaz bosimi oshishi kutilmoqda. Bu ma’lumotni “Gazeta.uz”ga “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati tasdiqladi.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtning bir qator tumanlari aholisi gaz oshgani to‘g‘risida xabar bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda ham energiya tizimida bosim ko‘tarilgani haqida xabarlar payd bo‘lgan.

Aholidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun gaz iste’mol qiluvchi uskunalar (isitish qozonlari, gaz plitalari va boshqalar)ni tekshirib turish so‘ralmoqda.

“Aholidan gazdan foydalanish bo‘yicha xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz. Gaz 3- va 5-issiqlik markazlariga yo‘naltirilmoqda. Ularga gaz ta’minoti xodimlari ham biriktirilgan”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Gaz bosimi Shayxontohur, Olmazor, Uchtepa va Chilonzordan boshlab barcha tumanlarda oshishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2022-yilda kartoshka sotib olishni kamaytirdi. Mahalliy yetishtirish esa oshgan 
Dunyo
Bayden Ukrainaga F-16 qiruvchilari yetkazib berilmasligini aytdi. Oq uy bunga izoh berdi
Kino
Mushuk Leopold obrazini yaratgan rassom Vyacheslav Nazaruk vafot etdi