“Roma” hujumchisi Temmi Abraham Premyer Ligaga qaytishi mumkin.
La Repubblica nashrining xabar qilishicha, 25 yoshli futbolchiga “Manchester Yunayted” va “Arsenal” jamoalaridan qiziqish bor. Bu klublar yozda futbolchi borasida taklif bilan chiqmoqchi.
Abrahamning “Roma”dagi kelajagi mavhum bo‘lib qolmoqda. Bu forvardning mavsum ikkinchi qismini qanday o‘tkazishiga bog‘liq bo‘ladi.
“Chelsi” tarbiyalanuvchisi joriy mavsum rimliklar safida 21 ta o‘yin ishtirok etib, to‘rtta gol urishga erishdi.
“Roma” 2021-yilning yozida Abrahamni “Chelsi”dan 40+5 million yevro evaziga sotib olgandi. Uning italyan klubi bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Izoh (0)